Vaqtincha yo‘q o‘qituvchining vazifasini bajargan pedagogga qo‘shimcha haq to‘lanadimi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Vaqtincha ishda yo‘q bo‘lgan o‘qituvchining vazifalarini bajargan pedagog xodimga qo‘shimcha haq to‘lanishi kerakmi?
Mehnat kodeksining 116-moddasiga ko‘ra, xodimning roziligi bilan unga asosiy ish bilan bir qatorda qo‘shimcha vazifa yuklatilishi va bu uchun qo‘shimcha haq to‘lanishi lozim. Pedagog xodimlarga qo‘shimcha vazifa yuklatilganlik uchun haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori asosida amalga oshiriladi.
Bunda o‘qituvchi tomonidan qo‘shib olib borilgan darslar uchun soatbay ish haqi to‘lanadi. Adliya vazirligining 2019-yil 22-apreldagi 3157-sonli qarori asosida soatbay haq to‘lash bazaviy lavozim maoshiga nisbatan 1,20 foiz miqdorda belgilanadi.
Ya’ni, vaqtincha yo‘q bo‘lgan o‘qituvchining darslarini o‘tgan pedagogga ko‘proq ish haqi to‘lanadi.