Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Vetnam: xorijiy talabalar uchun stipendiya

16.07.2020 16:21
Vetnam:  xorijiy talabalar uchun stipendiya

Muddati:

31.07.2020

Davlat:

Vetnam

Rasmiy havola:

cis.tdtu.edu.vn

Grant turi:

Bakalavriatura

Ton Dyuk Txang universitetidan xorijiy talabalar uchun stipendiya

Qayerga? Xanoy, Vetnam
Kim uchun? Bakalavr darajasini olishni istaganlar uchun
Muddat: 31-iyul

Ton Duc Thand University (TDTU) Vetnam umumiy mehnat konfederatsiyasi doirasida faoliyat olib boradigan davlat universiteti bo‘lib, 1997-yilning 24-sentabrida tashkil etilgan. 2019-yilning avgust oyida TDTU Vetnamning eng yaxshi universiteti maqomini olgan va (ARWU versiyasiga ko‘ra) jahonning eng zo‘r universitetlarining 1000 taligiga kirgan.

Har yilgi stipendiya 50 ta vetnam yoki ingliz tilida ta’lim olish dasturlariga kiruvchi talabalarga taqdim etiladi. Stipendiya o‘qish va yotoqxona xarajatlarini to‘liq qoplaydi.

Talablar: maktab/litsey/kollejda yuqori o‘zlashtirish darajasi va 5.0 balldan yuqori IELTS

Batafsil ma’lumotni mana bu yerdan olishingiz mumkin.
Ariza topshirish manzili.