Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Vice-Chancellor’s International High Achievers Scholarships (VCIHAS)

6.04.2022 12:32
Vice-Chancellor’s International High Achievers Scholarships (VCIHAS)

Muddati:

30.06.2022

Davlat:

Avstraliya

Rasmiy havola:

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Vice-Chancellor’s International High Achievers Scholarships (VCIHAS)

Stipendiya haqida ma’lumot:

CDU (Charlz Darvin universiteti) akademik mukammallik va yuqori natijalarga erishgan xalqaro talabalar uchun cheklangan miqdordagi stipendiyalarni taklif qiladi.
Grant naqd pulga o‘tkazilmaydi yoki qaytarilmaydi va boshqa shaxsga, semestrga, kursga yoki yilga o‘tkazilmaydi;

Foydali tomonlari:

Grant bakalavriat yoki magistratura dasturlari kursining toʻliq muddati uchun p’qish toʻlovining 50% yoki 25% ni qoplaydi.

Muvofiqlik mezonlari:

-Ariza topshiruvchi 2022-yil 2-semestrda o‘qishni boshlash uchun ariza topshirishi lozim;
-Nomzodlar tanlagan kurs uchun Universitetning akademik va ingliz tili bo‘yicha talablariga javob berishi zarur;
-Ariza topshiruvchi o‘zining eng yuqori akademik darajasi bo‘yicha kamida 95% umumiy ballga ega bo‘lishi lozim;
-Ariza topshiruvchi xalqaro talabalar uchun mo‘ljallangan o‘qish to‘lovlarini to‘laydigan xalqaro talaba bo‘lishi lozim;
-Ariza topshiruvchi Avstraliya yoki xorijiy homiylik agentligidan boshqa stipendiyaga ega bo‘lmasligi kerak.

Tanlov mezonlari:

-Eng yuqori akademik daraja bo‘yicha umumiy ball;
-Nima uchun aynan sizga stipendiya berilishi kerakligini ko‘rsatadigan qo‘llab-quvvatlovchi esse (maksimum 600 so‘z).

Davomiyligi:

Grantning davomiyligi - bu kursni tugatish mumkin bo‘lgan minimal vaqt davomida yoki quyidagilardan biri sodir bo‘lgunga qadar:

-Grantning maksimal qiymati tugashi;
-Kursingizni tugatishingiz;
-Stipendiyaning davomiy muvofiqligiga ortiq javob bermasligingiz.

Davomiy muvofiqlik:

Grantni saqlab qolish uchun oluvchi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

-Xalqaro talaba bo‘lishda davom etish;
-Har bir semestrning tegishli to‘lov muddatida (o‘qishning birinchi kuni) yoki undan oldin o‘qish to‘lovlarining qolgan qismini (stipendiya qoplamaydigan qismini) to‘lash;
-Har bir semestrda kamida 5.3 GPA bilan va biron bir fanda muvaffaqiyatsiz bahoga ega bo‘lmagan holda qoniqarli natijalarni saqlash;
-Har bir semestrda 40 kredit ballini (0,5 EFTSL) to‘liq saqlash yoki o‘qish bosimini kamaytirish, semestr uchun ta’til olishga ruxsat olish.

Qanday qilib ariza topshirish mumkin:

1-qadam: CDUda o‘qish uchun ariza topshirish.

2-qadam: VCIHAS stipendiyasi uchun alohida ariza topshirish.

Keyinchi?

Arizangiz natijasi oxirgi muddat sanasidan keyin bir oy ichida sizga elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil, 30-iyun. (23:59 ACST)