Volontyorlar uchun 2 haftalik pullik amaliyot

"Registon" o’quv markazining qadriyatlari: Hamjihatlik. Missiyamizga faqat bir butun jamoa bo'lib kurashsakkina yeta olamiz. Bir yoki ikki kishi hech nima qila olmaydi. Maqsadlarimizga birgalikda, albatta yetamiz.– Registon ta'lim loyihasi
Volontyorlik qilish uchun ajoyib imkoniyat. Bugungi kunda CV va kelajakdagi karyerangiz uchun eng foydali harakatlardan biri bu volontyorlik hisoblanadi. O‘zbekiston Volontyorlar Assosatsiyasi tomonidan 2 hafta davom etuvchi yangi loyiha. Endilikda siz nafaqat ko‘ngilli nomzod sifatida volontyorlik harakatida ishtirok etishingiz, balki 1 milliongacha pul ham ishlab olishingiz mumkin. birinchi hafta o‘quvlar bo‘ladi, keyingi bir hafta ichida amaliyot bo‘ladi. Volontyorlik davomida Yashnobod tumanida yashovchi aholi bilan qisqa suhbatlar olib boriladi. Qilinadigan ishlar 1-haftada o‘rgatiladi.
Kimlar uchun: Barcha volontyorlikka qiziquvchi yoshlar uchun. Iloji boricha masofaviy ta’limda o‘qiyotganlar murojaat etsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Talablar:
1. Belgilangan vaqt ichida amaliyotda faol bo‘lib barcha tadbirlarida ishtirok etish (Yashnobod tumanida, Toshkent);
2. Yoshi 20dan yuqori bo‘lishi;
3. Mobil bo‘lish, ya’ni bemalol hudud bo‘ylab harakat qilish.
Qayerda: Yashnobod tumani, Toshkent
Qachon: 20-27-oktyabr + 1-7-noyabr
Qayerdan ro‘yxatdan o‘tiladi: bu yerdan
Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun: @UzbekistanVolunteerAssociation (telegram)