Water Crisis and Climate Change in Central Asia: Qirg‘izistonda barcha xarajatlar qoplanadigan 3 kunlik konferensiya
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Umumiy ma’lumotlar:
Qirg‘iziston C5+1 Yoshlar Kengashi “Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi suv inqirozi va iqlim o‘zgarishi muammolari” mavzusidagi konferensiya uchun arizalar qabul qilishni boshladi. “Markaziy Osiyo (CA) va Afg‘onistonda suv inqirozi va iqlim o‘zgarishi” uch kunlik konferensiya o‘rta maktab va universitet talabalari o‘rtasida suv inqirozi va iqlim o‘zgarishi muammolari haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan. U Kaliforniyadagi ekspertlar va atrof-muhit bo‘yicha tadqiqotchilar bilan BMT modeli formatidan foydalangan holda potentsial yechimlarni muhokama qilish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Konferentsiya quyidagilarni o‘z ichiga oladi: taqdimotlar, seminarlar, bahs-munozaralari. Ishtirokchilar o‘z jamoalarida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muloqotlar, muzokaralar, nizolarni hal qilish va suv muammolarini hal qilishda innovatsion yondashuvlarni ilgari surish bo‘yicha loyiha takliflari g‘oyalarini muhokama qiladilar. Eng yaxshi g‘oyalar C5+1 YC dan moliyalashtiriladi.
Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:
- Ingliz tilida so‘zlashuvchi o‘rta maktab(10-11-sinf), kollej/litsey o‘quvchilari va universitet talabalari ariza topshirishlari mumkin;
- Nomzodlar Markaziy Osiyo davlatlari fuqorolari bo‘lishi kerak (O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston);
- Suv inqirozi va iqlim o‘zgarishi masalalariga qiziqqan bo‘lishlari kerak;
Foydali jihatlari:
- Barcha xarajatlar jumladan borib kelish, turar joy hamda oziq ovqat xarajatlari ham qoplab beriladi;
- O‘zbekistondan faqatgina Toshkent hamda Namangan viloyatlari orqali Oshga borish xarajatlari qoplanadi (boshqa viloyatliklar Toshkent hamda Namanganga borish xarajatlarini o‘zlari qoplashlari kerak);
Bu yerdan 04.10.2022 aprel (23:59) ga qadar ro‘yxatdan o‘tishni unutmang.
Batafsil ma’lumotlar hamda savollar yuzasidan ushbu telegram guruhga bog‘lanishingiz mumkin.