Women in Technology Scholarship(Zonta International): IT sohasida tahsil olayotgan ayol-qizlar uchun 8000$ grant dasturi

21-avgust 15:25
Women in Technology Scholarship(Zonta International): IT sohasida tahsil olayotgan ayol-qizlar uchun  8000$ grant dasturi

Muddati:

15.10.2021

Davlat:

AQSH

Rasmiy havola:

www.zonta.org

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura, Doktorantura

Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan ’Zonta International" tashkiloti tomonidan IT sohasida tahsil olayotgan ayol-qiz talabalarni ushbu sohada yetuk mutaxasis bo‘lishlari shuningdek yuqori darajada tahsil olib o‘zlarida leaderlik qobilyatlarini rivojlantirishga ko‘mak sifatida 8000dollarlik Women in Technology Scholarship grant dasturini e’lon qildi.Ushbu grant istalgan davlatda axborot texnologiyalari (IT) yo‘nalishida tahsil olayatotgan ayol-qizlar uchun

Grantning foydali jihatlari:

  • Dastur doirasida 20 ta nomzodga bir martalik 8000$ miqdorida pul mukofoti beriladi.

Nomzodga qo‘yilgan talablar:

  • Barcha davlat fuqorolari topshirishlari mumkin
  • Davlat tomonidan tan olingan oliygohlardan birida (IT)axborot texnologiyalari yonalishida tahsil olayotgan barcha ayol-qizlar uchun
  • (BA)bakalavriat bosqichining kamida 2-bosqich talabasi bo‘lishi zarur
  • (MA) magistratura va (PhD) doktorantura bosqichida tahsil olayotgan nomzodlar uchun kursning ahamiyati yo‘q
  • Masofaviy oliy ta’limda tahsil olayotgan nomzodlar ham topshirishlari mumkin.
  • Nomzodning akademik ko‘rsatchiklari yuqori hamda (IT) sohasiga kuchli qiziqishga ega bo‘lishi hamda kelajakda ushbu sohada faoliyat yuritish istagi bo‘lishi zarur.
  • 2022 yil apreliga qadar o‘qishni tamomlab qo‘ymasligi zarur
  • Bir yil ushbu grantni olgan talabaga ikkinchi yil ham yana qayta ushbu grant tayinlanmaydi

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun zarur hujjatlar:

  • University/College Transcript -Tahsil olayotgan ta’lim muassasasidan baholar daftarchasi
  • Tahsil olayotgan ta’lim muassasasidan o‘qiyotganlik haqida ma’lumotnoma
  • Motivation letter-motivatsion xat
  • Recommendation letter-2ta tavsiyanoma
  • Boshqa turdagi akademik yutuqlari hamda sertifikatkari(agar mavjud bo‘lsa ustunlik beradi)

Muhim:Natijalar 2022-yil Aprel oyining oxirlarida e’lon qilinadi!!! Ushbu Grant dasturi haqida to‘liq ma’lumotni rasmiy saytdan olishinggiz mumkin!

Savollar yuzasidan ushbu programs@zonta.org ga murojaat qilishinggzi mumkin.