2026-yilgi Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) O‘zbekistonda o‘tkaziladi
17.11.2023 10:30

Komissiya a’zolari O‘zbekiston delegatsiyasining arizasini tasdiqlagan hamda IOI 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishini ma’qullagan. Bu haqda raqamlashtirish vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
Adashmasam, bu eng nufuzli 5 ta fan olimpiadalari orasidan birinchi marta O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: joriy yilda “kuchli beshlik"ka kiruvchi fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz jami 13 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu mamlakatimiz tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.
Qo‘shimcha: 2026-yilda Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO) ham O‘zbekistonda o‘tkazilar ekan.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
9 - kun natijalari e’lon qilindi
Kecha, 17:34
21-iyul test natijasini kutayotganlar diqqatiga!
22-iyul 18:23