Xitoy: Jiangsu universitetida bakalavr va magistratura dasturi uchun grant
Muddati:
31.07.2020
Davlat:
Xitoy
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura, Magistratura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Dastur haqida: Xitoyning Jiangsu hukumati xalqaro talabalarga Jiangsu universitetida turli xil sohalarda bakalavr va magistratura darajalarida o‘qish uchun grant ajratadi.
Grant miqdori: O‘qish va yashash bilan bog‘liq barcha xarajatlar qoplanadi, oylik stipendiya beriladi.
Talablar
- Maktab diplomi/Bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
- Ingliz tilini bilish (IELTS 6).
Ariza topshirish tartibi
Hujjatlar internet orqali SHU YERDAN topshirilishi kerak.
Topshiriladigan hujjatlar:
- Pasport hajmidagi rasm;
- Maktab/bakalavr diplomi va baholar ilovasi (notarial tarjimasi bilan);
- Ingliz tili testi (IELTS yoki TOEFL) sertifikati;
- Magistraturaga topshirayotganlar uchun ilmiy ish rejasi (Research proposal);
- Ikkita tavsiyanoma (Faqat magistratura uchun).
Onlayn hujjat topshirayotganda $28 to‘lash kerak.
Hujjat topshirish muhlati: 2020-yil, 31-iyul
Batafsil ma’lumot: Grant haqidagi to‘liq ma’lumot bilan SHU YERDA tanishing. Qabul tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot SHU YERDA. Mavjud o‘quv yo‘nalishlarini SHU YERDAN topishingiz mumkin.