Xitoy universiteti stipendiyasi

29.01.2021 05:32
Xitoy universiteti stipendiyasi

Muddati:

21.03.2021

Davlat:

Xitoy

Rasmiy havola:

en.uestc.edu.cn

Grant turi:

Magistratura, Aspirantura

Registon o'quv markazi viloyatdan kelgan abituriyentlarni zamonaviy va shinam yotoqxona bilan ta'minlaydi.
– Registon o‘quv markazi

Xitoy universiteti stipendiyasi

Qayerda: Chendu, Xitoy

Taʼlim joyi: University of Electronic Science and Technology of China

Muddat: 2021-yil 21-mart

Xitoy elektron fanlar va texnologiyalar universiteti magistratura va aspirantura talabalariga stipendiyalar taklif qiladi.

Stipendiya hajmi:
Birinchi toifadagi stipendiya — oʻqish, kampusda yashash, tibbiy sugʻurta va yashash uchun koʻmak pulini oʻz ichiga oladigan toʻliq stipendiya. Magistratura va aspirantura talabalariga beriladi.

Ikkinchi toifadagi stipendiya — oʻqish, kampusda yashash va tibbiy sugʻurtani qoplovchi qisman stipendiya. Faqatgina aspirantura talabalariga.

Uchinchi toifadagi stipendiya — oʻqish puli va tibbiy sugʻurtani oʻz ichiga oladigan qisman stipendiya. Faqatgina magistratura talabalariga.

Oʻqish davomiyligi: magistratura talabalari uchun 2 yil, aspirantura talabalariga 3 yi.

Universitetda ingliz va xitoy tillarida taʼlim olish imkoniyati mavjud. Ariza onlayn tarzda topshiriladi.

Batafsil ma’lumot