Xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash beriladi
27-fevral 04:40

Xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga “2+6” shaklida moliyaviy yordam
Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish va chet tilini biladigan kadrlarni ko‘paytirish maqsadida yangi tizim joriy etildi.
📌 C1 sertifikatiga ega yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyat
- Olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochgan yoshlarga 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.
📌 Xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlar “2+6” shaklida qoplanadi
- O‘quv markazlarida xorijiy til o‘rganayotgan yoshlarga xarajatlarning dastlabki 2 oyi o‘z hisobidan,
- Keyingi 6 oyi esa davlat tomonidan to‘lab beriladi.
Ushbu dastur chet tili biladigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda hududlarda sifatli til ta’limi tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.