2024-yil: Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi
Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.
Kredit kimlarga beriladi?
- Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
- Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).
Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun beriladi!
14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?
Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi.
Toʻlash qachondan boshlanadi?
Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi.
Qanday hujjatlar kerak?
- Bankka ariza;
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
- Taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
- Talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.