XVIII Diplomatik seminar
Muddati:
30.04.2022
Davlat:
Rossiya
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
XVIII Diplomatik seminar
Seminar global xavfsizlik, xalqaro munosabatlar tizimini isloh qilish va postsovet hududidagi integratsiya jarayonlariga bag‘ishlanadi.
Seminar kunlari: 29-may – 2-iyun.
O‘tkazilish joyi: Yekaterinburg.
Til: rus tili.
Tugash muddati: 29-aprel, Moskva vaqti bilan 23:59.
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
-18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lish.
-Xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, jurnalistika, iqtisod va huquq yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari;
-Jamoat tashkilotlari, talabalar uyushmalari va yoshlar harakati vakillari;
-Rossiya, MDH davlatlari, Yevropa va Osiyo mintaqalaridan yosh olimlar va tarixchilar ishtirok etishlari mumkin.
Moliyalashtirish:
-Seminar davomida Yekaterinburgda turar joy, transport, oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
-Yekaterinburgga borish va kelish xarajatlarini ishtirokchining o‘zi qoplashi lozim bo‘ladi.
Qanday ishtirok etsa bo‘ladi?
Fond saytida roʻyxatdan oʻtgandan soʻng Gorchakov fondi shaklini toʻldirish kerak bo‘ladi.
Arizaga seminar kun tartibidagi mavzulardan biriga oid insho (5000 belgidan oshmasligi kerak) ilova qilinishi kerak.
Seminar delegatlari tanlov asosida aniqlanadi.