Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yangi o‘quv yilidan ChQBT faniga qo‘shimcha yuklama kiritiladi

27-fevral 05:54
Yangi o‘quv yilidan ChQBT faniga qo‘shimcha yuklama kiritiladi

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (ChQBT) fani bo‘yicha yangi o‘zgarishlar joriy etilmoqda. 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab, ushbu fan haftasiga ikki soat o‘qitiladi. 10–11-sinflar uchun esa haftasiga qo‘shimcha bir soat yuklama kiritiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 4-noyabrda imzolangan "O‘q otish sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga binoan, maktab o‘quvchilari harbiy poligonlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mazkur qarorga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab, ChQBT fani doirasida “O‘qotar va pnevmatik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari” bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar joriy etiladi. Endilikda, maktab o‘quvchilari qurol otish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘ladilar.

Mashg‘ulotlarni tashkil etishda quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  • Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘zlariga biriktirilgan harbiy qismlar va harbiy poligonlarning o‘quv-moddiy bazasidan foydalanishlari mumkin.
  • Amaliy mashg‘ulotlar harbiy poligonlarda va maxsus jihozlangan joylarda o‘tkaziladi.
  • Maktab o‘quvchilari qurol bilan ishlash bo‘yicha tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ushbu o‘zgarishlar o‘quvchilarning harbiy tayyorgarligini oshirishga, ularning jismoniy va intellektual rivojlanishiga xizmat qiladi.

Manba: Lex.uz