Koreyaning eng mashhur universitetlaridan biri “Yonsei University”dan koreys tili kurslari. Ishtirok etish bepul!

07.11.2021 23:44
Koreyaning eng mashhur universitetlaridan biri “Yonsei University”dan koreys tili kurslari. Ishtirok etish bepul!

Davlat:

Janubiy Koreya

Rasmiy havola:

www.coursera.org

Umumiy Ma’lumotlar:

Koreyaning eng mashhur universitetlaridan biri “Yonsei University” tomonidan dan koreys tili kurslari

Kim uchun? Boshlang‘ich va og‘zaki koreys tilini o‘zlashtirishni istaganlar uchun

Ishtirok etish mutlaqo bepul

Ushbu kurs koreys tilining xangil alifbosi bilan tanish bo‘lgan boshlang‘ich darajadagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan. Ushbu kurs yordamida o‘quvchilar koreys tilidagi kundalik muloqot uchun zarur bilimlarni qo‘lga kiritadilar.

Kurs oltita moduldan tashkil topgan va har bir modul beshta blokdan iborat. Har bir blokda lug‘at, grammatika qoidalari va jumlalar, og‘zaki suhbat amaliyoti, videokliplar, viktorinalar, ish daftari va kerakli so‘zlar lug‘ati mavjud.

Saytda ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.

Kursga mana bu yerdan yozilishingiz mumkin.

Kitoblar qarshisida barcha narsalar nursiz bo'lib qoladi
– Registon o‘quv markazi