Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Chevening : Oksford Universiteti Islomshunoslik markazida tadqiqot o‘tash uchun to‘liq qoplanuvchi grant

26.08.2021 00:05
Chevening : Oksford Universiteti Islomshunoslik markazida tadqiqot o‘tash uchun to‘liq qoplanuvchi grant

Muddati:

02.11.2021

Davlat:

Angliya

Rasmiy havola:

www.chevening.org

Grant turi:

Malaka oshirish

Chevening Oxford Centre for Islamic Studies (OCIS) - Islom va zamonaviy musulmon jamiyatlari madaniyati va sivilizatsiyasi to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishni istagan shu sohada kuchli salohiyatli tadqiqotchilarni rag‘batlantirish uchun tashkil etilgan. Dastur 6 oy davom etadi va ishtirokchilar islom dunyosi, jumladan, islom tarixi va klassik islom fanlari va islomiy moliya kabi sohalarda yetuk mutaxassislar bilan birga ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Dasturga qatnashish uchun Buyuk Britaniyada qilmoqchi bo‘lgan tadqiqotlarini rejalashtirgan bo‘lishlari lozim.

Foydali tomonlari:

  1. Oksford Islom Markazida 6 oy tadqiqot olib borish;
  2. Dastur davomida yashash xarajatlari va Britaniyaga borish-kelish uchun chipta xarajatlari uchun mablag‘;
  3. Tadqiqot bilan bog‘liq tadbirlar uchun stipendiya;
  4. FCDO va Chevening kotibiyati tomonidan tashkil etiladigan madaniy tadbirlar va dasturlarda ishtirok etish huquqi beriladi.

Talablar:

  1. Ro‘yxatda keltirilgan davlatlardan birining fuqarosi bo‘lish (O‘zbekiston bor);
  2. Nomzod doktorlik darajasiga yoki unga teng ilmiy darajaga ega bo‘lishi;
  3. Kamida 5 yillik professional va/yoki ilmiy tadqiqot tajribasiga ega bo‘lish;
  4. Yetakchilik va ta’sir o‘tkaza olish qobiliyati;
  5. Dastur tugagach, Vataniga qaytib kelish;
  6. Ingliz tilini boshlang‘ich darajada bilish;
  7. Britaniya fuqaroligini olgan yoki ikki davlat fuqaroligini olganmagan bo‘lishi lozim

Qo‘shmcha ma’lumot uchun: