Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Kipr: Bakalavr va magistratura bosqichlarida o‘qish uchun 50% va 100% lik grant dasturlari

14.07.2021 18:10
Kipr: Bakalavr va magistratura bosqichlarida o‘qish uchun 50% va 100% lik grant dasturlari

Davlat:

Kipr

Rasmiy havola:

www.gau.edu.tr

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida:

Girne Amerika universiteti - bu dunyo universitetlari orasida o‘z nufuziga ega va ayni paytda ham mukammal bo‘lgan ta’limni targ‘ib qilib kelayotgan notijorat universitetdir.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan grant dasturi xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Dastur kimlar uchun?

  • Dastur barcha davlatlardan bo‘lgan xalqaro talabalar uchun.

Qaysi ta’lim yo‘nalishlari uchun:

Grant dasturi universitetning sport fakulteti uchun 100% hamda Pilotage (BSc), Medicine and PhD dasturlaridan tashqari qolgan barcha dasturlari uchun 50% lik o‘quv to‘lovlarini qoblashni ko‘zda tutadi.

Ariza topshirish jarayoni:

Talabalar universitetning bakalavriat va magistratura dasturlaridan biriga avvalo BU YERDAN ariza topshirishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak. Grant uchun esa alohida ariza topshirish shart emas, o‘qishga qabul qilingan talabalar nomzodligi avtomatik ko‘rib chiqiladi.

Til talabi:

Nomzodlar quyidagi ingliz tilini bilish testining ko‘rsatilgan darajasi sertifikati bo‘lishlari shart:

  • CPE/CAE – Minimum B

Qabulning asosiy talabi:

  • Talabalar GAU dagi biron bir amaliy dasturga kirish uchun kamida 3.50 va undan yuqori yuqori GPA ko‘rsatkichiga ega bo‘lishlari kerak.

Dasturning manfaatli tomonlari:

Grant dasturi universitetning sport fakulteti uchun 100% hamda Pilotage (BSc), Medicine and PhD dasturlaridan tashqari qolgan barcha dasturlari uchun 50% lik o‘quv to‘lovlarini qoblashni ko‘zda tutadi.

Batafsil bu yerda