Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Scientific Internships (Austria): Barcha (BA) Bakalavriat, (MA) magistratura bosqichi talabalari hamda bitiruvchilari uchun Avstriyada haq to‘lanadigan amaliyot dasturi

20.08.2021 22:49
Scientific Internships (Austria): Barcha (BA) Bakalavriat, (MA) magistratura bosqichi talabalari hamda bitiruvchilari uchun Avstriyada haq to‘lanadigan amaliyot dasturi

Davlat:

Avstriya

Rasmiy havola:

phd.pages.ist.ac.at

Grant turi:

Bakalavriatura, Internship, Magistratura

Avstriyaning tabiiy fanlar va texnologiya instituti tomonidan barcha (BA) bakalavriat, (MA) magistratura bosqichida asosan tabiiy fanlar va komputer sohasida yoki boshqa turdagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan yoki tahsil olgan talabalar hamda bitiruvchilari uchun Avstriyada amaliyot o‘tash imkoniyatini beruvchi dasturni e’lon qildi. Amaliyot dasturi 1 yil muddatgacha tayinlanadi.

Graduate School Homepage IST Austria

Amaliyot dasturiga qo‘yilgan talablar:

  • (BA) bakalavriat yoki (MA)magistratura bosqichi talabasi yoki diplomga ega bo‘lishi zarur.
  • barcha xalqaro talabalar topshirishlari mumkin.
  • Nomzodning o‘qiyotgan/o‘qigan yo‘nalishi amaliyot dasturi yo‘nalishiga mos kelishi zarur.
  • Amaliyot dasturiga topshirayotgan yo‘nalishiga kuchli qiziqishi hamda tajriba ko‘nikmaga ega bo‘lishi zarur
  • Amaliyot dasturi yo‘nalsihi bo‘yicha nomzodning qo‘shimcha ish tajriba va malakasi ustunlik beradi

Amaliyot dasturining manfaatli jihatlari;

  • Amaliyot dasturiga qabul qilingan nomzodlarga eng kamida 1086 yevro miqdorida oylik stipendiya to‘lanadi

Amaliyot dasturiga qabul jarayoni:

  1. Eng avvalo nomzod berilgan mos tadqiqot guruhlaridan o‘ziga eng mos , qiziqqan yo‘nalishini aniqlab olishi zarur
  2. Mos yo‘nalsihni tanlab bo‘lgach , email orqali tadqiqot rahbariga bo‘g‘lanish kerak. Email xabar quyidagilarni o‘z ichiga olish zarur:
  • Nomzod o‘zining ta’lim va ish tajribasi haqida qiaqa ma’lumot hamda ushbu jamoada ishlashga bo‘lgan mativatsiyasi
  • CV(Pdf formatda)
  • Amaliyot o‘tashinggiz mumkin bo‘lgan muddatlar

Yilning istalgan vaqtida ushbu dastur uchun ro‘yxatdan o‘tishinggiz mumkin!!!

Muhim: Guruh tadqiqotchilari tomonidan qabul qilingan nomzodlarga keyingi bosqichlar haqida ma’lumot beriladi

Batafsil ma’lumotlarni rasmiy havola orqali kuzating!!!