Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Umumiy qiymati 1500 AQSh dollarlik insholar tanlovi

29.04.2021 08:17
Umumiy qiymati 1500 AQSh dollarlik insholar tanlovi

Muddati:

31.05.2021

Rasmiy havola:

ivypanda.com

Grant turi:

Tanlovlar

OLIYGOH.UZ jamoasi sizlar uchun yana bir ajoyib tanlov haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Tanlov haqida qisqacha:

IvyPanda.com tomonidan e’lon qilingan Annual Essay Writing Contest Scholarship insholar tanlovi dasturi xalqaro o‘quvchilar va talabalarning yozma ishlari orasidan eng loyiqlarini moddiy rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.

Kimlar uchun?

Ushbu tanlov maktablarning yuqori siniflarida, kollej yoki litseyda va universitetda ta’lim olayotgan xalqaro o‘quvchi va talaba yoshlar uchun mo‘ljallangan. Tanlovda qatnashish uchun nomzodlardan yuqorida nomlari aytilgan muassasalardan birida o‘qiyotganliklari borasida ma’lumotnoma talab etiladi.

Insholar uchun berilgan mavzular:

  • Insholar quyida berilgan mavzulardan birida yozilgan bo‘lishi kerak:
    • The Impact of COVID-19 on Education
    • Socializing Safely During the Pandemic
    • What COVID-19 Has Taught Us About Environmental and Energy Consciousness

Insholar uchun qo‘yilgan talablar:

Sizning inshoyingiz:

  • 500-700 so‘zdan iborat (sarlavha va sarlavhaga ilovalar bundan mustasno);
  • AQSh yoki Buyuk Britaniyada ingliz tili variantlarida yozilgan bo‘lishi;
  • 100% plagiatdan xoli bo‘lishi;
  • .Doc yoki .docx formatida yuborilishi;
  • Qog‘ozni formatlash va manbalarga havola qilish uchun MLA uslubiga rioya qilinishi (formatlashingizni tekshirish uchun bizning MLA nazorat ro‘yxatini bu yerdan yuklab oling) kerak.

Nomzodlarga qo‘yilgan qo‘shimcha talablar:

Nomzodlar IvyPanda.com ning Facebook, Twitter yoki Instagram; sahifalariga obuna bo‘lishlari, "like" bosishlari va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarda joylashtirilgan tanlov borasidagi postni boshqalarga ham ulashishlari kerak.

Insholarni yuborish tartibi:

Insholar scholarship@ivypanda.com elektron manziliga “IvyPanda Writing Contest Submission” fayl sarlavhasi bilan quyidagi tartibda yuborilishi kerak:

  1. Sizning inshoyingiz
  2. Tashkiloy ijtimoiy tarmoqlariga obuna ekanligingizni tasdiqlovchi skrinshot;
  3. Ijtimoiy tarmoqlardagi insho borasidagi postni ulashganingiz borasida skrinshoti;
  4. "IvyPanda tanlovi to‘g‘risida qayerdan bildingiz?" savoliga shaxsiy javobingiz.

Baholash:
Taqdim etilgan barcha ishlar yuqori malakali yozuvchilar va tahrirlovchilar jamoasi tomonidan quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Grammatika, tinish belgilari va imlo
  • Matn va fikrlar tartibi;
  • Uslub;
  • Yo‘naltiruvchi tizim;

G‘oliblar tashkilot tahririyatining jamoaviy bahosi asosida aniqlanadi.

Eng yaxshi insholar IvyPanda blog sahifasida e’lon qilinadi.

Sovrinlar qiymati:

Sovrin qiymati umumiy 1500 AQSh dollar bo‘lib, u ikkita g‘oliblarning birinchi o‘rinni egallaganiga - 1000 AQSh dollari miqdorida, ikkinchi o‘rin uchun esa - 500 AQSh dollari miqdorida taqdim etiladi.

Tanlov jarayoni quyidagi sanalar va bosqichlarda amalga oshiriladi:

Tanlov rasmiy sahifasi