Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi

Matematiklar uchun yangi stipendiya joriy etildi

15-iyul 21:42
Matematiklar uchun yangi stipendiya joriy etildi

Matematika yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun Akademik Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov nomidagi stipendiya joriy etildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, stipendiya respublika oliy ta’lim muassasalarida Matematika ta’lim yo‘nalishlarida 2-kursni tugatgan bakalavriat, 1-kursni tugatgan magistratura talabalari va 1-bosqichni tugatgan tayanch doktorantlarga tayinlanadi.

2020-2021 o‘quv yili uchun Akademik T.A.Sarimsoqov nomidagi stipendiya kvotasi:

  • - 5 nafar bakalavriat talabasi uchun (10 oy muddatga har oyda 750 ming so‘mdan);
  • - 5 nafar magistrant uchun (10 oy muddatga har oyda 1 mln. so‘mdan);
  • - 5 nafar tayanch doktorant (2021 yil uchun 10 oy muddatga har oyda 1,5 mln. so‘mdan) uchun belgilandi.

Stipendiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli Qarori asosida Matematika instituti huzuridagi Matematika fani va ta’limini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi tomonidan ta’sis etildi.

Stipendiya nizomi va u haqidagi batafsil ma’lumotni quyidan yuklab olishingiz mumkin:

Stipendiya nizomi batafsil.pdf