Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Milliy test tizimi haqida: savollarga javoblar

6.04.2022 00:32
Milliy test tizimi haqida: savollarga javoblar

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan bosqichma-bosqich umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etildi.

  • Bu tizim bo‘yicha OLIYGOH.UZ jamoasi to‘liq tushuntirishga harakat qiladi:

Ro‘yxatdan o‘tish, my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📄 Sertifikat faqat bakalavrga qabul uchun ishlatiladi. Ya’ni, agarda siz bakalavrda o‘qiyotgan bo‘lsangiz yoki undan keyingi bosqichga hujjat topshirmoqchi bo‘lsangiz, bu sertifikatni olganingizdan ma’no yo‘q. Sertifikat faqat va faqat bakalavrga hujjatlar qabuli uchun.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganingizni shaxsiy kabinet orqali bila olasiz. Imtihon fani hamda test topshirish hududini tanlaganingizdan keyin sizga invoys taqdim etiladi hamda saytdagi shaxsiy kabinetingizda “Mening arizalarim” oynasi ochiladi. Invoys to‘langandan so‘ng esa siz ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanasiz. To‘lovni 3 kun ichida amalga oshirish kerak.

📩 Imtihon natijalarida test topshirilgan kundan 20 kun o‘tgach, hammaning o‘z shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi. Sertifikat faqat onlayn tarzda beriladi, siz uni shaxsiy kabinet orqali yuklab olasiz hamda chop etishingiz mumkin bo‘ladi.

- Sertifikat, imtihonda 60 foizdan yuqori natija ko‘rsatganlarga beriladi hamda 3 yil muddatga amal qiladi.

Sertifikat natijalari qanday hisoblanadi?

Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

Test sinovi natijalari ular yakunlangan kundan boshlab yigirma ish kunidan kechikmay Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish (60 va undan yuqori) foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Ya’ni sertifikat qaysi fandan olingan bo‘lsa, shu fanning fanlar majmuasidagi o‘rniga qarab mos ravishda maksimal ballning ma’lum foizi beriladi.

Masalan, matematika fanidan sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentning sertifikatdagi o‘zlashtirishi 60 foiz, matematika fanining fanlar majmuasidagi o‘rni birinchi (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,2 ball, 30 ta test topshirig‘iga maksimal 96 ball) bo‘lsa, uning 60 foizi 57,6 ballni tashkil etadi (3,2*30=96 ball, 96*60/100=57,6). Agar abituriyentning sertifikatdagi o‘zlashtirishi 80 foiz bo‘lsa, 76,8 ballni tashkil etadi (3,2*30=96 ball, 96*80/100=76,8).

Sertifikat test sinovidan ijobiy (60 va undan yuqori foiz) natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.

Sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tishim mumkin?

Talabgor sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun “Abiturientlar ma’lumotlari va arizalarini ro‘yxatga olish tizimi” (my.dtm.uz sayti) orqali elektron ariza berib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tganligimni qanday bilishim mumkin?

Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar kiritilganidan so‘ng talabgor uchun Davlat test markazining rasmiy veb-saytida shaxsiy kabinet yaratiladi.

Talabgor to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tgan va Davlat test markazi bilan ommaviy oferta shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov qanday amalga oshiriladi?

To‘lov talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida amaldagi elektron to‘lov tizimlari orqali ariza berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi. To‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotni talabgor o‘zining shaxsiy kabineti orqali bilishi mumkin.

Test sinovini o‘tkazish joyi va sanasini qanday bilishim mumkin?

Talabgor test sinovi o‘tkaziladigan sana va joy to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘zining shaxsiy kabineti orqali olishi mumkin.

Test sinovi natijalarini qanday bilishim mumkin?

Test sinovlari natijalari ular yakunlangan kundan boshlab 20(yigirma) ish kunidan kechikmay Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Necha ball to‘plasam sertifikat olishim mumkin bo‘ladi?

Sertifikat olish uchun test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plash zarur.

Sertifikatning amal qilish muddati.

Sertifikat 3 yil muddatga beriladi.

Ijobiy natijaga erishsam, sertifikatni qanday olishim mumkin?

Sertifikat elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Test sinovi balidan qoniqmasam, qayta topshirishim mumkinmi?

Ha, albatta. Test sinovlari natijalari e’lon qilingandan so‘ng qayta ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan muddatda test sinovlarida ishtirok etishingiz mumkin.