Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi. Qabul shu yildan boshlanadi

17.03.2021 11:12
Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi. Qabul shu yildan boshlanadi

Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi. Qabul shu yildan boshlanadi

✅ “Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali hamda Qarshi davlat universitetining pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi.

Pedagogika sohasi boʻyicha tarbiya va oʻqitish usullari, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega professional oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash va boshqalar institutning asosiy vazifalari etib belgilandi.

👉 Institutda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Qarshi davlat universitetda pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul toʻxtatiladi hamda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va uning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari boʻyicha tahsil olayotgan talabalar oʻqishni bitirgunlariga qadar universitetda taʼlim jarayonini davom ettiradilar.

Institutga talabalarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika OTMlariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Tupchok MFY, Jayraxona qishlogʻi manzilida joylashgan I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining hamda Shahrisabz shahri, Shahrisabz koʻchasi, 10-uy manzilida joylashgan Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filialining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berildi.