DTM ga jiddiy taklifimiz bor
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
❗️ DTM ga jiddiy taklifimiz bor: Istasangiz OLIYGOH.UZ platformasi onlayn qabulni mukammal darajada tashkil qilishga yordam beradi! Bepulga!
Bu yilgi qabul jarayonlari o‘tgan yilgidan ham ko‘ra sifati ancha past tashkil etildi! Buni anglash uchun atrofga bir nazar tashlash kifoya. Juda ko‘pchilikda bu yilgi DTM ishlab chiqqan tizimda nimadir muammo chiqdi. Yo tizim serverlari ishlamay qoladi, yoki to‘lov tizimlarida, yoki boshqa masalada!
Buning asosiy kaliti qayerda?
Asosiy kalit tizimda! Onlayn qabul tizimi mukammal to‘g‘ri ishlab chiqilmagan. Serverda bo‘layotgan kuchli yuklanishlar sabab emas, bu shunchaki "yosh bolalarni aldagandek aytiladigan" bahona!
Davlat test markazi uchun OLIYGOH.UZ platformasidan o‘ta jiddiy taklif bor!
Onlayn qabul tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda va serverlarda qilinayotgan xatoliklarni to‘g‘irlay olmasangiz, keyingi yillardan onlayn qabul tizimini biz tashkil qilib berishimiz mumkin. Taklifimiz shunchaki quruq gap emas. Butun boshli tashkilot qila olmagan yechimni bizning platforma va serverlarimiz amalga oshirishga kuchi hamda qurbi yetadi. Platforma xavfsizlik tizimi anchagina mukammal va foydalanuvchilar kabineti sodda shaklda yaratilgan. Biz uni yanada optimallashtirgan holda onlayn qabul tizimiga moslay olamiz.
☝️ Eng asosiysi bu ishni BEPULga qilib berishga tayyormiz!
🎓 OLIYGOH.UZ jamoasi ushbu taklif bo‘yicha har taraflama kelishuvga tayyor. Eng muhimi xalqdan yig‘ib olingan milliardlar hisobiga emas, hech qanday haq olmasdan BEPUL’ga ushbu tizimni tashkil qilib berishga tayyorligini bildiradi!
❗️ Davlat test markazi xalqdan yig‘ib olgan milliardlarga va uddalay olmagan har bir ishga javobgar! Qila olmadingizmi tan oling va qila olishga qurbi yetganlarga yo‘l bering. DTM ning bir necha yillik tarixi davomida xatolarsiz yil bo‘lganmi? Xatolaringizni hech tan olasizmi? Yoki aybni yana sistemaga yuklaysizmi yoki boshqa narsaga? Tizimni tashkilot qurgan va tashkilot bunga javobgar hisoblanadi.