Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari qayerda ishlashi mumkin?

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILBoshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari egallashi mumkin bo‘lgan kasblar
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishini tamomlagan bitiruvchilar uchun ta’lim tizimida ko‘plab istiqbolli kasblar mavjud. Ushbu mutaxassislik nafaqat maktablarda, balki boshqa ijtimoiy-ta’lim muassasalarida ham faoliyat yuritish imkonini beradi.
Quyidagi lavozimlarda ishlash mumkin:
-
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi – umumiy o‘rta ta’lim maktablarida.
-
O‘qituvchi-tarbiyachi – tarbiyaviy faoliyatlar va yakka yondashuvni talab qiladigan muassasalarda.
-
Qo‘shimcha ta’lim pedagogi – to‘garaklar, klublar va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda.
-
Uslubiy ish rahbari – metodik yordam ko‘rsatish va dars sifatini nazorat qilishda.
-
O‘qituvchi-psixolog – o‘quvchilarning psixologik holatini tahlil qilish, maslahatlar berish.
-
Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – ta’lim jarayonini tashkillashtirish va nazorat qilish.
-
Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari – tarbiyaviy va axloqiy ishlar bo‘yicha rahbar.
-
Mahallada yoshlar yetakchisi – yoshlarga ijtimoiy yo‘nalish berish, ularni faollikka undash.
-
Pedagog-targ‘ibotchi – sog‘lom turmush tarzi, ma’naviyat va yurtparvarlik targ‘ibotchisi.
-
Metodist – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi o‘quv-uslubiy yo‘nalishda.