Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Matematika va geografiya fanlaridan tayyorlanib, oliygohlarning qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirish mumkin?

03-iyun 14:53
Matematika va geografiya fanlaridan tayyorlanib, oliygohlarning qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirish mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 19-dekabrdagi 11-son bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unda fanlar nomi, test topshiriqlari soni, baholash mezonlari (har bir to‘g‘ri javobga beriladigan ball) va maksimal ball miqdori keltirilgan.

Jumladan, matematika va geografiya fanlaridan oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:

  • Geografiya
  • Geografiya va o‘qitish metodikasi
  • Yer kadastri va yerdan foydalanish
  • Geodeziya va geoinformatika
  • Geodeziya, kortografiya va kadastr (funktsiyalari bo‘yicha)
  • Geologiya
  • Geologiya-razvedka ishlarining texnikasi va texnologiyasi
  • Gidrologiya (tarmoqlar bo‘yicha)
  • Gidrometeorologiya