Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekiston milliy universitetining «Psixologiya» va «Sotsiologiya» kafedralari negizida O‘zbekiston davlat psixologiya universiteti tashkil etilishi mumkin.

21.12.2020 00:40
O‘zbekiston milliy universitetining «Psixologiya» va «Sotsiologiya» kafedralari negizida O‘zbekiston davlat psixologiya universiteti tashkil etilishi mumkin.

O‘zbekiston milliy universitetining «Psixologiya» va «Sotsiologiya» kafedralari negizida O‘zbekiston davlat psixologiya universiteti tashkil etilishi mumkin. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjat loyihasiga muvofiq, 2021-yildan boshlab bosqichma-bosqich quyidagilar amalga oshiriladi:

— respublikaning 14 ta xududida oliy ta’lim muassasalari huzurida xo‘jalik hisobida ish yuritadigan aholiga psixologik hizmat ko‘rsatuvchi markazlar ochish;

— psixologiya sohasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha qabul parametrlari yiliga 30 foizdan oshirib borish;

— tuman (shahar) mahallalari tuzilmasida oila psixologi lavozimi joriy qilish va boshqalar.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat psixologiya universiteti tarkibida yuridik shaxs maqomida faoliyat yuritadigan Psixologiya ilmiy-tadqiqotlar instituti faoliyati yo‘lga qo‘yish ham belgilangan.

Qayd etilishicha, universitetda tegishli hududdagi davlat tashkilotlarida 5 yil ishlab berish majburiyati bilan oliy ma’lumotli psixologlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar bo‘yicha maqsadli qabul parametrlari shakllantiriladi.

Unga ko‘ra, o‘qishga maqsadli qabul qilingan talabalar bilan tegishli qabul yilining 20-dekabr kuniga qadar tegishli majburiyatlarni aks ettirgan shartnomalar rasmiylashtirilishi hamda maqsadli qabul qilingan talabalar amaliyoti mazkur davlat tashkilotlarida tashkil etilishi ta’minlanadi.