Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

“Sirtqi ta’lim shaklida imtihonlar onlayn bo‘ladimi?”

13-avgust 15:56
2018
“Sirtqi ta’lim shaklida imtihonlar onlayn bo‘ladimi?”

2020/2021-o‘quv yili va imtihonlar tashkil etilishi bilan bog‘liq mavzularda AOKA shtabiga aholidan kelib tushayotgan savollarga Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyevning javoblari:

Stadionlarda test imtihonida qatnashayotgan guruh nazoratchilari va ma’sullar jarayon vaqtida koronavirus yuqtirib olsa, kompensatsiya to‘lab beriladimi?

Test sinovi o‘tkazishga oid amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarda bular ko‘zda tutilmagan. Biroq aytish kerakki, bunday hollarda bemor albatta diqqat-e’tiborda bo‘ladi.

Abituriyent olgan balliga qarab nechanchi o‘rinda turganini qanday bilishi mumkin? Faqat http://mandat.dtm.uz sayti orqalimi?


Shaxsiy kabinet orqali ham bilsa bo‘ldai. Kengaytirilgan ma’lumotlarni Davlat test markazining www.dtm.uz rasmiy sayti va https://t.me/rasmiydtm telegram kanali orqali olish mumkin.

Bu yil kirish imtihonlariga IELTS sertifikati o‘tadimi?


5.5 va undan yuqori darajadagi IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarga ingliz tili fanidan maksimal ball beriladi.

Sirtqi ta’lim shaklida imtihonlar onlayn bo‘ladimi?

Sirtqi va kechki ta’lim shakllarida ham imtihonlar 2-sentabrdan boshlanadi va ochiq maydonlarda o‘tkaziladi.