Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Avstraliya: Hedley Bull scholarship dasturi

11-iyul 14:42
271
Avstraliya: Hedley Bull scholarship dasturi

Muddati:

15.12.2020

Davlat:

Avstraliya

Ta'lim shakli:

Magistratura

Rasmiy havola:

www.anu.edu.au

Avstraliyaning Australian National University The Graduate Studies in International Affairs dasturi doirasida Hedley Bull scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi.

Dastur universitetda oʻqitiladigan Master of International Relations (Advanced) magistratura kursida oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan.

Grant talabaga 2 yilga beriladi.

Chet ellik talaba universitetning magistratura kurslarida oʻqish uchun taxminan yiliga 43 680 AUD (taxminan 30 662 AQSh dollar) toʻlaydi.

Grant yutib olgan 4 nafar nomzodning kontrakti toʻliq qoplab beriladi.

Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.

Nomzod universitetning Master of International Relations (Advanced) magistratura kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Grant Master of International Relations (Advanced) magistratura kursida oʻqish uchun beriladi. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga hujjat topshirgan vaqtda grantga ham Interest form topshirish kerak.

Dedlayn 2020 yil 15-dekabrgacha, ammo grant olish uchun 31-iyuldan 11-noyabrgacha hujjat berish maqsadga muvofiq.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

Avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.

Shu yerdan kerakli kursni tanlang.