Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Daniya: Roskilde University magistratura talabalari uchun stipendiya taklif etadi

09-dekabr 05:28
Daniya: Roskilde University magistratura talabalari uchun stipendiya taklif etadi

Muddati:

15.01.2021

Davlat:

Daniya

Ta'lim shakli:

Magistratura

Rasmiy havola:

ruc.dk

Muddati: 2021 yil 15 yanvar.

Mamlakat: Daniya, Roskille.

Roskilde University an’anaviy ta’lim tizimiga yangilik kiritib, shuningdek yangi ta’lim va bilim olish usullarini taklif qilish maqsadida yaratilgan.

Universitet iqtidorli talabalarga stipendiyalar taqdim etadi. Stipendiyani faqat 2021 yilning kuzgi semestriga hujjat topshirgan nomzodlar olishlari mumkin.

Stipendiya 22 oy davomida taqdim etiladi (dastur bo‘yicha o‘qish muddati). Talabalar oyiga 7800 Daniya kronasi stipendiyasini oladilar (ushbu stipendiya Daniyada ijara to‘lovlari uchun yetarli hisoblanadi).

2021 yilning kuzgi semestri uchun hujjat topshirgan nomzodlar quyidagi dasturlar bo‘yicha stipendiya olishlari mumkin:

· Master in Communication Studies and Cultural Encounters;

· Master in Cultural Encounters and Communication Studies;

· Master in International Public Administration and Politics;

· Master in International Development Studies and Global Studies;

· Master in Mathematical Physical Modelling;

· Master in Spatial Designs and Society;

· Master in Nordic Urban Planning Studies.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

· Yevropa Ittifoqi / YeIZ mamlakatlari fuqarosi bo‘lmasligi;

· yuqoridagi dasturlardan biriga qabul qilingan;

· bakalavr darajasiga ega bo‘lishi;

· ingliz tilini yaxshi bilish kerak (IELTS: 6.5 yoki TOEFL iBT 83);

· Daniya tilini bilishi (agar nomzod Daniya tilida o‘qish dasturiga kirsa).

Nomzodlar magistraturaga kirish uchun ariza berishlari va unga quyidagi hujjatlarni ilova qilishlari lozim:

· motivatsiya xati;

· tarjimai hol;

· shuningdek nomzodlar ro‘yxatdan o‘tish uchun 165 € to‘lovni to‘lashlari kerak.

Batafsil: https://ruc.dk/en/step-5-tuition-fees-tuition-fee-waivers-and-scholarships