Fransiya: Xotin-qizlar uchun magistratura bosqichini MBA yo‘nalishida o‘qish uchun 15 000 yevro qiymatga ega grant dasturi

14-iyun 02:08
Fransiya: Xotin-qizlar uchun magistratura bosqichini MBA yo‘nalishida o‘qish uchun 15 000 yevro qiymatga ega grant dasturi

Muddati:

19.07.2021

Davlat:

Fransiya

Rasmiy havola:

escp.eu

Grant turi:

Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida:

ESCP (fransuzcha: École supérieure de commerce de Paris) - bu xususiy, davlat tomonidan tan olingan iqtisodiy maktab. Universitetning Berlin, London, Madrid, Parij, Turin va Varshavada oltita kampuslari mavjud. Universitetda transmilliy bakalavr, magistratura, doktorantura va MBA dasturlari hamda menejerlarni qo‘shimcha o‘qitish uchun seminarlar o‘tkaziladi.

See the source image

Universitet tomonidan taklif etilayotgan grant dasturi MBA dasturida magistratura bosqichida o‘qish niyatida bo‘lgan xalqaro xotin-qizlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Grant dasturi kimlar uchun:

  • Dastur uchun barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin.

Ariza topshirish jarayoni:

  • Nomzodlar avvalo MBA dasturiga qabul qilinish uchun BU YERDAN onlayn ariza topshirishlari kerak. Shundan so‘ng, nomzodlar grant dasturi uchun BU YERDAN ariza formasini to‘ldirib uni quyida ko‘rsatilgan manzilga yuborilishlari kerak:

Zaruriy hujjatlar:

Nomzodlar universitetga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:

  • To‘ldirilgan ariza shakli;
  • Ayollarning biznesda rivojlanishini ta’minlashga intilishingizni ko‘rsatadigan professional tavsiyanoma;
  • Quyidagi savollardan biriga javoban qisqa insho:
    • “Please outline how you have personally supported the ongoing success of your female peers in an organisation or within your network.” OR “What value does women in leadership roles hold? As a future leader, how do you plan to impact the role of women in leadership roles.”
  • Talabalar ESCP univeritetining MBA dasturiga qabul qilinishlari uchun Xalqaro Menejmentga aloqador bakalavr darajasiga ega bo‘lishlari shart.

Grantning manfaatli tomonlari:

Muvaffaqiyatli tanlangan xalqaro ariza beruvchilarga ESCP oliygohida MBA dasturi bo‘yicha ta’lim olishlari uchun 15 000 yevro (taxminan 18 163 AQSh dollari) miqdorida grant taqdim etiladi.

Batafsil bu yerda