Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Andijon davlat pedagogika instituti kirish ballari 2021

Institut tarixi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi 187-son qarori asosida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 15-iyundagi buyrugʻi bilan tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Mahmudjonovich Rasulov Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Bu davrda institutda 3 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi, Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim hamda tillarni o’qitish metodikasi, Ijtimoiy fanlar, san’at va sportni o‘qitish metodikasi) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat Pedagogika instituti tashkil etildi.

Bu davrda institutda 5 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlar, Maktabgacha ta’lim, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at, Jismoniy madaniyat, Pedagogika fakultetlari) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Hozirda institutda 7 ta fakultet 15 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.​​​​

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Andijon davlat pedagogika instituti kirish ballari 2021-2022 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Biologiya 5110400 / Biologiya / Kimyo 50 10 40 120.75 98.7
Boshlang‘ich ta’lim 5111700 / Ona tili va adabiyoti / Matematika 75 25 50 140.07 113.4
Fizika va astronomiya 5110200 75 10 65 127.05 70.35
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 5110500 / Geografiya / Matematika 25 10 15 101.85 82.95
Jismoniy madaniyat 5112000 25 10 15 134.8 123.9
Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha) 5112001 25 10 15 98.1 84.9
Kimyo 5110300 / Kimyo / Matematika 25 10 15 96.39 74.55
Maktabgacha ta’lim 5111800 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 125 25 100 115.5 85.05
Maktabgacha va boshlang‘ich ta`limda jismoniy tarbiya va sport 5112300 25 10 15 93.1 57.4
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 5112200 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti 25 10 15 157.5 121.8
Matematika va informatika 5110100 / Matematika / Fizika 75 10 65 141.75 93.45
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 5111600 / Tarix / Ona tili va adabiyoti 50 5 45 163.8 123.9
Musiqa ta`limi 5111100 50 10 40 122.2 89.7
O‘zbek tili va adabiyoti 5111200 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili 100 20 80 168 132.3
Pedagogika va psixologiya 5110900 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 50 10 40 118.65 87.15
Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi 5110800 50 10 40 123.3 78.1
Texnologik ta’lim 5112100 / Fizika / Matematika 50 10 40 116.55 78.75
Xorijiy til va adabiyoti: fransuz tili 5111402 / Fransuz tili / Ona tili va adabiyoti 50 10 40 141.75 85.05
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 5111400 / Ona tili va adabiyoti / Chet tili 125 15 110 173.25 134.4
Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili 5111401 / Nemis tili / Ona tili va adabiyoti 50 10 40 137.55 102.9