Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti kirish ballari 2024

Buxoro davlat pedagogika instituti tarixi

    Buxoro davlat pedagogika instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6-apreldagi 188-sonli Qarori bilan Buxoro davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti sifatida tashkil etildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21-iyundagi "Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-289-sonli Qaroriga muvofiq Buxoro davlat pedagogika instituti sifatida faoliyatni davom ettirdi.

    Asosiy maqsad:

    Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash.

 

    Institutning rivojlanishi

    Institut tashkil topganidan buyon bir necha muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi:

 

    🎓 11.986 nafar talaba tahsil olmoqda.

    2024/2025 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika institutida 6 ta fakultet, 21 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari soni 30 ta, magistratura mutaxassisliklari soni 23 tani tashkil etadi.

    Institutda jami 12124 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 11793 nafar (kunduzgi–7277 nafar, kechki–964 nafar, sirtqi–3552 nafar), magistratura mutaxassisliklarida 331 nafar talaba tahsil olmoqda.

👩‍🏫 391 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda, ulardan 149 nafari ilmiy darajaga ega.

🏢 Ta’mirdan chiqqan zamonaviy o‘quv binolari, kutubxona, informatika laboratoriyalari va talabalar turar joylari foydalanishga topshirildi.

    Instituti ta’lim jarayonni yaxshilash maqsadida institutda 9 ta kompyuter xonasi bo‘lib 138 ta zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari 6 dona elektron doska, 17 dona videoproyektor va 1 dona infokiyoska bilan jihozlangan. Institut hududida 27 dona wi-fi qurulmalari o‘rnatilgan bo‘lib binolarning 90% qamrab olgan.

    Institut HEMIS axborot tizimida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 11793 nafar (kunduzgi–7277 nafar, kechki–964 nafar, sirtqi–3552 nafar), magistratura mutaxassisliklarida 331 nafar tahsil olayotgan talabalar hamda 521 nafar professor-o‘qituvchilar haqida to‘liq ma’lumotlar kiritilgan.

    Instituti ta’lim jarayonni yaxshilash maqsadida institutda 9 ta kompyuter xonasi bo‘lib 138 ta zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari 6 dona elektron doska, 17 dona videoproyektor va 1 dona infokiyoska bilan jihozlangan. Institut hududida 27 dona wi-fi qurulmalari o‘rnatilgan bo‘lib binolarning 90% qamrab olgan.

    Institut HEMIS axborot tizimida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 11793 nafar (kunduzgi–7277 nafar, kechki–964 nafar, sirtqi–3552 nafar), magistratura mutaxassisliklarida 331 nafar tahsil olayotgan talabalar hamda 521 nafar professor-o‘qituvchilar haqida to‘liq ma’lumotlar kiritilgan.

    HEMIS axborot tizimida institutda faoliyat olib borayotgan bo‘limlar, fakultetlar, kafedralar, xodimlar va professor-o‘qituvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq va talab darajasida shakllantirilgan. Xodimlarni tegishli bo‘limlarga, o‘qituvchilarni tegishli kafedralarga biriktirilgan. HEMIS axborot tizimida 2024/2025 o‘quv yili uchun reyting qaydnomalari shakllantirilib, nazoratlar o‘z muddatlarida qo‘yib borilmoqda, talabalarning tegishli buyruqlari (qabul, kursdan-kursga ko‘chirish, stipendiya tayinlash, akademik ta’til berish, akademik mobillik, chetlashtirish, tiklash, bitirish) kiritilgan, diplom va diplom ilovalari belgilangan tartibda to‘liq shakllantirilgan.

    Kafedradagi professor-o‘qituvchilarni 2024/2025 o‘quv yilida o‘qitiladigan tegishli fanlarga biriktirilgan, reja asosida malaka oshirish muddati kiritilgan, professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tilayotgan darslarning, ilmiy faoliyati monitoringi (fan resurslarining joylashtirilganligi) olib borilgan, Davlat attestatsiya komissiyalari ro‘yxati, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiya mavzulari kiritilgan, professor-o‘qituvchilar tomonidan fan mavzulari va mustaqil ta’lim mavzulari, fan resurslari, fan topshiriqlari, test nazoratlari yaratilgan, dars mashg‘ulotlarini dars jadvaliga muvofiq o‘z vaqtida tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ilmiy faoliyat bo‘limida chop etilgan tezis, maqola, o‘quv adabiyoti, ixtiro, foydali model, intelektual mulk, o‘quv qo‘llanma, darslik, uslubiy ko‘rsatma, monografiyalar kiritilib borilmoqda.

    HEMIS tizimida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tegishli bo‘lgan o‘quv me’yoriy hujjatlar, jumladan: jami 197 ta, shundan: kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 84 ta, kechki ta’lim shakli bo‘yicha 19 ta, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 49 ta, magistratura 45 ta o‘quv reja ishlab chiqib tasdiqlangan va hemis tizimiga shakillantirilgan. 529 ta akademik guruh uchun dars jadvali, nazoratlar jadvali, fan qaydnomalari, o‘quv mashg‘ulotlarining belgilanishi, talabalar davomatining belgilanishi to‘liq hemis tizimi orqali yuritilmoqda. Shuningdek 2024 yil 1 dekabr sanasidan boshlab talabalarning stipendiya bildirishnomalari va buyruqlari ham HEMIS tizimi orqali shakillantirildi.

    Axborot-resurs markazining o‘quv va kompyuter zali, kitob fondi mavjud bo‘lib, jumladan, 100 ta stol, 100 ta stul, 4 ta kondisioner, kitoblar reklamasi uchun 1 ta televizor va 1 ta kiosk  20 ta shkaf javoni, 41 dona kitob javoni va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan. ARMda 3 ta filiallari talabalar turar joyi, harbiy ta’lim va pedagogika fakultetlarida joylashgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan kutubxonachilikka oid qabul qilingan qonun va qarorlar, Axborot-resurs markazi Nizomi, Axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalari, buyruqlar, yo‘riqnomalar mavjud.

    Institutda 2024 yil holatiga ko‘ra Axborot-resurs markazining umumiy fondi 24945 nusxada 4979 nomda bosma shakldagi, 4743 nomda elektron shakldagi adabiyotlar tashkil etadi.

    2024/2025 o‘quv yilini samarali tashkil etish uchun 193 nomda 3405 sonda adabiyotlar sotib olingan.

    2024 yilda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 985 sonda o‘quv adabiyoti yaratilgan. Shundan, 366 ta darslik, 351 ta o‘quv qo‘llanma, 36 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 169 ta monografiya, 7 ta siyosiy va 56 ta boshqalar adabiyotlar tashkil qiladi.

    ARM 50 ming adabiyot sig‘imiga ega, ARMning umumiy kitob fondi 4983 nomda, 25062 nusxani tashkil qiladi. ARM 100 ta o‘ringa ega.

    ARMda bugungi kunga qadar 4318 nomdagi adabiyotlar KARMAT dasturiga kiritilgan.

    ARM internet tarmog‘iga ulangan, 4 ta Wi-fi uskunasi o‘rnatilgan, ularning tezligi 100 mb/sek. Institut SCOPUS, Web of Science kabi xalqaro ilmiy ma’lumotlar ba’zasiga ulangan.

    ARMning masofadan turib foydalanish imkoni bo‘lgan www.elib.buxdupi.uz sayti mavjud bo‘lib, unda 4743 dan ziyod elektron resurslar joylashtirilgan hamda Axborot-resurs markazidagi 4142 ta o‘quv va ilmiy adabiyotlar OTM larning yagona unilibrary.uz yelektron platformasiga (100%) yuklangan. catalog.unicat.uz platformasiga 3580 ta adabiyot yuklangan.

 

📚 Ta’lim yo‘nalishlari faqat pedagogikaga ixtisoslashgan

TA’LIM YO‘NALISHLARI

BAKALAVRIAT (KUNDUZGI); O‘QISH MUDDATI 3 YIL

  • 60110200 — Maktabgacha ta’lim
  • 60110500 — Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  • 60110600 — Musiqa ta’limi
  • 60110700 — Chaqqirqqacha harbiy ta’lim
  • 60111200 — Jismoniy madaniyat
  • 60111300 — Texnologik ta’lim

BAKALAVRIAT (KUNDUZGI); O‘QISH MUDDATI 4 YIL

  • 60110100 — Pedagogika
  • 60110300 — Maxsus pedagogika
  • 60110400 — Boshlang‘ich ta’lim
  • 60110800 — O‘zbek tili va adabiyoti
  • 60110900 — Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti
  • 60111000 — Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
  • 60111100 — Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
  • 60220300 — Tarix
  • 60310300 — Psixologiya
  • 60510100 — Biologiya
  • 60530100 — Kimyo
  • 60530200 — Geografiya
  • 60530500 — Fizika
  • 60540100 — Matematika
  • 60540200 — Amaliy matematika
  • 60610100 — Axborot tizimlar va texnologiyalari
  • 61010300 — Adaptiv jismoniy tarbiya va sport

BAKALAVRIAT (SIRTQI); O‘QISH MUDDATI 5 YIL

  • 60110100 — Pedagogika
  • 60110200 — Maktabgacha ta’lim
  • 60110400 — Boshlang‘ich ta’lim
  • 60110500 — Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  • 60110600 — Musiqa ta’limi
  • 60111200 — Jismoniy madaniyat
  • 60111300 — Texnologik ta’lim
  • 60310300 — Psixologiya

BAKALAVRIAT (KECHKI); O‘QISH MUDDATI 4,5 YIL

  • 60110200 Maktabgacha ta’lim
  • 60110400 Boshlang‘ich ta’lim
  • 60110700 O‘zbek tili va adabiyoti
  • 60111200 Jismoniy madaniyat
  • 60220300 Tarix
  • 60540100 Matematika

 

MAGISTRATURA

  • 70110101 Pedagogika nazariyasi va tarixi
  • 70110201 Pedagogika
  • 70110202 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
  • 70110204 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
  • 70110501 Tasviriy san’at
  • 70110701 Musiqa ta’limi va san’at
  • 70110801 O‘zbek tili va adabiyoti
  • 70110802 Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti
  • 70110901 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
  • 70111001 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chaqiriqqacha harbiy ta’lim)
  • 70111101 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)
  • 70111201 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi)
  • 70111201 Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
  • 70111301 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)
  • 70510105 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya)
  • 70530104 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo)
  • 70530105 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya)
  • 70530106 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya)
  • 70540104 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
  • 70640101 Ta’limda axborot texnologiyalari
  • 70520202 Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
  • 70510101 Biologiya

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi ixtisosliklari

Doktorantura (DSc, PhD)

13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)

13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi

13.00.08 - Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

10.00.01 – O‘zbek tili

10.00.02 – O‘zbek adabiyoti

07.00.01 – O‘zbekiston tarixi

09.00.03 – Falsafa tarixi

09.00.04 – Ijtimoiy falsafa

13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari) ixtisosligi;

13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika;

10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti;

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Boshlangʻich taʼlim

60110400 / Ona tili va adabiyoti / Matematika

-
-
-
-
57

Jismoniy madaniyat

60111200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

-
-
-
-
123.2

Maktabgacha taʼlim

60110200 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

-
-
-
-
82

Musiqa taʼlimi

60110600 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

-
-
-
-
56.7

Pedagogika

60110100 / Tarix / Ona tili va adabiyoti

-
-
-
-
66.3

Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi

60110500 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

-
-
-
-
56.7

Texnologik taʼlim

60111300 / Fizika / Matematika

-
-
-
-
58