Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Kattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti kirish ballari 2026

Samarqand davlat universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2021 yildagi 307-sonli qarori asosida tashkil topgan. Filialda 2 ta fakultet, 5 ta kafedra, 16 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlib, 2 039 nafar (bakalavriat kunduzgi 1 778 nafar, sirtqi 261 nafar) talaba tahsil olmoqda (ilmiy salohiyat – 25.9 foiz) Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejalari ishlab chiqilgan, 6 ta buyurtmachi tashkilotlar („Samarqand viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi“, „Samarqand viloyati moliya boshqarmasi“, „Tadbirkorlikni rivojlantirish angentligining Samarqand viloyati boʻyicha vakolatli ofisi“, „Markaziy bank Samarqand viloyati boshqarmasi“, „Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi“, „Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Samarqand mintaqaviy filiali“) bilan kelishilgan.

SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida 2 ta oʻquv binosi, 1 ta sport zal, 1 ta ARM mavjud, binolar xizmat koʻrsatish quvvati 2 000 oʻrin, 2 ta fakultet, 5 ta kafedralarda bakalavriat kunduzgi shaklida 16 ta taʼlim yoʻnalishida 1 778 nafar, sirtqida 2 ta taʼlim yoʻnalishida 261 nafar (jami 2 039 nafar) talabalar tahsil olmoqda.

Aloqalari

Filial Vyatka davlat universiteti hamda Ala-Too International University universitetlari bilan akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻyilgan.

2023/2024 oʻquv yilida bakalavr yoʻnalishlari oʻquv rejalariga muvofiq, malakaviy amaliyotlari boʻyicha 41 ta hamkorlik shartnomalari tuzilgan (4 ta Iroda Aziza NIA MCHJ, Tashish Graviy MCHJ, Guzal Diyor Makoni MCHJ, Maroqand Gold Oil Ekstratsiya MCHJ va 1 ta Kattaqoʻrgʻon Prestige OK, 1 ta BOʻSM, 10 ta Maktabgacha taʼlim tasarrufidagi MTT (Kattaqoʻrgʻon shahar Maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 1-DMTT, 2-DMTT, 5-DMTT, 6-DMTT, 8-DMTT, 9-DMTT, 12-DMTT, 19-DMTT, 22-DMTT, 25-DMTT), 16 ta umumiy oʻrta taʼlim maktab (Kattaqoʻrgʻon shahar 1-maktab, 2-maktab, 3-maktab, 4-maktab, 5-maktab, 6-maktab, 8-maktab, 11-maktab, 13-maktab, 14-maktab, 16-maktab, 17-maktab, 18-maktab, Kattaqoʻrgʻon tuman 20-maktab, 50-maktab, 51-maktab), 5 ta Kattaqoʻrgʻon shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash boʻlimi, Kattaqoʻrgʻon shahar Oila va xotin qizlar boʻlimi, Kattaqoʻrgʻon shahar Pensiya jamgʻarmasi, Kattaqoʻrgʻon shahar Xalq qabulxonasi, Kattaqoʻrgʻon shahar aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, 4 ta Mikrokredit bank Kattaqoʻrgʻon filiali, Hamkorbank Kattaqoʻrgʻon filiali, Xalq banki Kattaqoʻrgʻon filiali, Agrobank Kattaqoʻrgʻon filiallari bilan kadrlar yetkazib berish boʻyicha memorandum imzolangan).

  • 1-2-3 kurs talabalari quyidagi sohalarda amaliyot oʻtagan:
  • Bank ishi va auditi, Iqtisodiyot (Tarmoqlar va sohalar boʻyicha), Buxgalteriya hisobi va audit (Tarmoqlar boʻyicha) yoʻnalishi Mikrokredit bank, Hamkorbank, Xalq banki, Agrobank tijorat banklarida amaliyotlarini olib bormoqda.
  • Biznesni boshqarish (tarmoqlar boʻyicha), Buxgalteriya hisobi va audit (Tarmoqlar boʻyicha), Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) yoʻnalishlari MCHJ va Oilaviy korxonalarida;
  • Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi Maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tasarrufidagi MTTda;
  • Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili, Matematika, Oʻzbek tili va adabiyoti, Matematika va informatika, Boshlangʻich taʼlim, Biologiya, Kimyo, Oʻzga tilli guruhida rus tili yoʻnalishi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida;
  • Ijtimoiy ish (faoliyatning turlari sohalar boʻyicha) yoʻnalishlari Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash boʻlimi, Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Pensiya jamgʻarmasi, Xalq qabulxonasi, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida;
  • Sport faoliyati (kurash) yoʻnalishida BOʻSMda.

Oʻquv adabiyotlar

ARM fondi 2427 nomda 7643 nusxada, shundan oʻquv adabiyotlar 3997 nusxa 1231 nomda (darsliklar 1435 nusxada 1117 nomda, oʻquv qoʻllanmalar 2562 nusxada 114 nomda, ilmiy adabiyotlar 95 nusxada 69 nomda, badiiy adabiyotlar 1738 nusxada 851 nomda, xorijiy adabiyotlar 21 nusxada 21 nomda boshqa adabiyotlar 1792 nusxada 255 nomda). Elektron shakldagi adabiyotlar 2183 tani tashkil etadi. QR-kod tizimi orqali 1200 dan ortiq oʻquv adabiyotlarning QR-kodlari yaratilgan. 2 ta Infokiosk uskunasiga joylashtirilgan va talabalar gavjum boʻlgan joylarga oʻrnatilgan. Filial ARM uchun yaratilgan https://library-samdukf.uz/ (Wayback Machine saytida 2024-03-27 sanasida arxivlangan) sayti doimiy ishlab kelmoqda.

Professor-oʻqituvchilari

Filialda 59 nafar (ichki oʻrindosh – 22 nafar) professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda (1 nafari fan doktori/DSc, 20 nafari fan nomzodi/PhD, ilmiy salohiyat 25.6%)

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti kirish ballari 2026-2027 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Grant balli Kontrakt balli
Amaliy matematika 60540200 / Matematika / Fizika 165.9 72.8
Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 / Matematika / Fizika 123.4 56.7
Biologiya 60510100 / Biologiya / Kimyo 159.2 132.2
Boshlangʻich taʼlim 60110400 / Ona tili va adabiyoti / Matematika 165.3 148.1
Energetika muhandisligi 60710400 / Matematika / Fizika 68.7 58.9
Jismoniy madaniyat 60111200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 170.3 135.4
Kimyo 60530100 / Kimyo / Matematika 75.9 60.4
Maktabgacha taʼlim 60110200 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 114.3 93.2
Matematika 60540100 / Matematika / Fizika 152.6 108.9
Musiqa taʼlimi 60110600 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 144.7 65.7
Oʻzbek tili va adabiyoti 60110700 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili 173.6 159.5
Pedagogika 60110100 / Tarix / Ona tili va adabiyoti 164.4 154
Psixologiya 60310300 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 161.8 96
Tarix 60220300 / Tarix / Geografiya 167.5 114
Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi 60110500 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 151 58.8
Texnologik taʼlim 60111300 / Fizika / Matematika 69.3 57.7
Transport vositalari muhandisligi 60711400 / Matematika / Fizika 96.3 56.7
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 60110901 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti 187.7 174.7