Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Namangan davlat pedagogika instituti kirish ballari 2026

Namangan davlat pedagogika instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaroriga asosan tashkil etilgan va 2022/2023 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini faoliyatini boshlagan.    

Institutda hozirgi kunda 24 ta bakalavriat kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim yo‘nalishlari hamda 17 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar pedagog kadrlar tayyorlanadi.     Institutda 2024/2025 o‘quv yilida 3 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlar, Pedagogika va Ijtimoiy fanlar), 10 ta kafedra (Maktabgacha ta’lim, Boshlang‘ich ta’lim, Pedagogika va psixologiya, Tabiiy fanlar, Aniq fanlar, Art pedagogika, Gumanitar fanlar, Filologiya, Yevropa tillari, Jismoniy madaniyat va sport) faoliyat ko‘rsatmoqda.    

Institutda bugungi kunda 170 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ularning 10 nafari fan doktori, professorlar, 71 nafari fan nomzodi, PhD  va dotsentlar, ilmiy salohiyat 47,6 foizni tashkil etadi.     2025-yil yanvar holatiga talabalar kontingenti  7807 nafarni tashkil etib, shundan, bakalavariat bosqichida, 4451 nafari – kunduzgi, 2371 nafari – sirtqi, 592 nafari – kechki ta’lim shakli hamda 393 nafari – magistratura bosqichida tahsil olmoqda.       Institutning strategiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, 2023-yil tiklanish, 2024-yil rivojlanish, 2025-yil taraqqiyot va 2026-yil yuksalish yili sifatida belgilangan.    

Institutida 2024/2025 o‘quv yilidan mutaxassislik fanlarini Germaniya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Qozog’iston, Koreya Respublikasi, Bosniya va Gersogovina hamda Rossiya Federatsiyasining TOP-300 talik ro’yxatiga kirgan yetakchi oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari asosida takomillashtirildi hamda o‘quv jarayoniga tatbiq qilindi.     Institutda 4+2 amaliyot tizimi joriy etilgan bo‘lib, talabalar amaliyotlarini takomillashtirish maqsadida, tuman markazlarida institutning o‘quv metodik markazlari tashkil etildi. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash maqsadida kafedra  professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi avlod o‘quv adabiyotlari yaratilmoqda.    

Institut bugungi kunda Turkiya, Finlyandiya, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi oliy ta’lim muassasalari bilan ilm-fan va ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. O‘tgan davr mobaynida institutning 42 nafar professor-o‘qituvchilari xorijiy davlatlarda malaka oshirish va ilmiy stajirovkalarda bo‘lishdi.     Institut huzurida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/27.09.2024.ped.184.01 raqamli ixtisoslashgan ilmiy kengash faoliyat olib bormoqda. "Pedagogika nazariyasi va tarixi", "Pedagogik texnologiya" va "Pedagogik mahorat" fanlaridan malakaviy imtihon komissiyalari faoliyatiga ruhsat berilgan. Institutda 6 ta ixtisoslik bo‘yicha oliy ta’limdan keying ta’lim (doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik) tashkil etilgan.    

Namangan davlat pedagogika institutining "Ta’lim va taraqqiyot" ilmiy-uslubiy jurnali pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar (OAK) ro‘yhatiga kiritildi.     Institutda 1234 o‘rinli talabalar shaharchasi mavjud bo‘lib, u yerda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun mini futbol stadioni, vorkaut maydoni, voleybol stadioni, oshxona, fitnes zali, karaoke klubi, kutubxona, kompyuter zali mavjud.Institut talaba-yoshlari mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida faol ishtirok etish bilan birga ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar. Jumladan, Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi talabasi Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Kelajak bunyodkori” medali sohibi bo‘ldi hamda shu yili “Islohotlar bilimdoni” respublika tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabaлари -  Erkinboyev Fazliddin Ixtiyor o‘g‘li boks bo‘yicha 72 kg vaznda 3 karra Osiyo va 2 karra Jahon chempioni, Jo‘raboyev Asadbek Rustamjon o‘g‘li futbol bo‘yicha yoshlar terma jamoasi a’zosi, 2023-yilgi Osiyo kubogi sohibi, Ahmadjonov Abbosbek Adhamjon o‘g‘li belbog‘li kurash bo‘yicha 5 karra O‘zbekiston, 2 karra Osiyo va 1 marta Jahon chempioni, Ne’matullayev Jamoliddin Gʻaybullo o‘g‘li 2 karra O‘zbekiston, 2 karra Osiyo va 2 marta Jahon chempionligini qo‘lga kiritdilar.     2024-yilda institutning Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi talabasi Aliyeva Matluba Jakbaraliyevna - Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi, Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi talabasi Toshmatova Madina Kadirovna - Navoiy nomli davlat stipendiyasi, Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi talabasi Gʻulomova Odina Gʻofurjon qizi - Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.     Institutni yashil energiya bilan ta’minlash maqsadida o‘quv binolari va talabalar turar joyiga soatiga 144,1 kvt elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi quyosh panellari o‘rnatildi. Kelajakda esa institutni to‘liq yashil energiya bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Namangan davlat pedagogika instituti kirish ballari 2026-2027 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Grant balli Kontrakt balli
Amaliy matematika 60540200 167.4 111.4
Biologiya 60510100 / Biologiya / Kimyo 160.7 148.7
Boshlangʻich taʼlim 60110400 / Ona tili va adabiyoti / Matematika 165 150.3
Boshlang‘ich ta’lim 60110500 151 58.2
Fizika 60530500 / Fizika / Matematika 91.7 57.8
Fizika va astronomiya 60110700 174.5 160.5
Ijtimoiy ish 60920100 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 112.6 82.9
Kimyo (turlari bo‘yicha) 60530100 99.1 67.4
Maktabgacha ta’lim 60110200 114.5 104.1
Matematika 60540100 157.5 120.7
Matematika va informatika 60110600 152.7 57.1
Maxsus pedagogika: logopediya 60110301 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 148.3 120.8
Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish 61010100 169.9 143.7
Mintaqaviy iqtisodiyot 60310300 146.5 99.7
Musiqa ta'limi 60111300 68 56.8
Neft va gaz kimyosi 60530200 69.3 56.7
Pedagogika 60110100 166.4 156
Sunʼiy intellekt 60610500 / Matematika / Fizika 141.1 57
Tarix 60111100 173.1 149.9
Tarix 60220300 / Tarix / Geografiya 166.3 106.3
Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi 60111200 170.3 150.2
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 60110901 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti 187.2 175.9
Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili 60110902 / Nemis tili / Ona tili va adabiyoti 176.2 142