Navoiy davlat pedagogika instituti kirish ballari, qabul kvotalari

Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 25-iyuldagi № 1392-sonli Farmoyishi, O’zSSR Ministrlar Soveti va O’zbekiston kompartiyasi markaziy komitetining 1983-yil 27-iyuldagi  455-sonli Qarori bilan tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi farmoni bilan Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berilgan. Institut tarkibida 2 ta fakultet (Fizika-matematika, O’zbek tili va adabiyoti) faoliyat olib borgan.Hozirgi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida 8 ta fakultet, 24 ta kafedra faoliyat ko’rsatadi. Institutda 27 ta`lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, 17 ta mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Talabalar kontingenti bakalavriat kunduzgi bo’limida 7755 nafar, magistraturada 180 nafar, sirtqi bo`limda 1152 nafar, maxsus sirtqi bo`limda 1053 nafar, jami institut bo`yicha 10140 nafarni tashkil etadi.

Fakultetlar: Fizika-matematika, Tabiiy fanlar, Tarix, O`zbek tili va adabiyoti, Chet tillar, San`atshunoslik, Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim, Jismoniy madaniyat.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Fizika va astronomiya

60110700

50
-
50
-
57.6

Kimyo

60110800

50
-
50
-
59.9

Maktabgacha ta’lim

60110200

25
-
25
-
84.1

Matematika va informatika

60110600

35
-
35
-
76

Maxsus pedagogika : logopediya

60112702

50
-
50
-
85.7

Pedagogika

60110100

25
-
25
-
112.4

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

60111804

50
-
50
-
135.2