Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professional ta’lim sohasida faoliyat kо‘rsatuvchi, davlat akkreditatsiyasidan о‘tgan, bitiruvchilarga oliy ta’limning 2 bosqichi(bakalavriat va magistratura) bо‘yicha diplom bera oladigan davlat tasarrufidagi oliy о‘quv yurtidir. 

Institut О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yilning 4-iyundagi N1771-sonli farmoniga kо‘ra Toshkent davlat  madaniyat instituti va О‘zbekiston davlat san’at  instituti asosida tashkil etilgan. 

Institut madaniyat va san’at sohasiga bevosita aloqador bо‘lgan bir qancha tor mutaxassislik yо‘nalishlari bо‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi о‘ziga xos oliy ma’lim muassasasi sanaladi. О‘quv yurtda ta’lim jarayonida fan va san’at, ijodiy faoliyat va amaliy texnologiyalar uyg‘unlashgan. Institutimizning 3 fakulteti va 18 kafedrasida talabalar ta’limning 30 yо‘nalishi va 8 ixtisosligi bо‘yicha tahsil oladilar. Institut aktyorlik mahorati va rejissura, san’atshunoslik va teatrshunoslik, ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati, xalq ijodiyoti, madaniyat va san’at muassasalarini boshqaruv kabi soha mutaxassislarini tayyorlaydi. 

Hozirgi kunda institutda 1600 dan ortiq talaba va magistrant tahsil oladi. Institutda faoliyat yuritayotgan 225 ta о‘qituvchi, shu jumladan 33 nafar professor, 45 nafar dotsent va fan nomzodlari, fan, ta’lim, san’at va madaniyat sohasida xizmat kо‘rsatgan, faxriy unvon egasi bо‘lgan 23 pedagog ta’limning yukori darajada bо‘lishini ta’minlab kelmoqda.

Zamonaviy informatika texnologiyalari ta’lim jarayonida faol qо‘llanmoqda, multimediyali texnika va dasturiy vositalardan foydalanilmoqda. О‘quv jarayoni madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. 

Badiiy-ijodiy faoliyat institut hayotida muhim о‘rin tutadi. Institut da tashkil etilgan talabalarning kо‘plab ijodiy jamoa va studiyalari turli festival va tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 

Institutda nashr etilayotgan “Ijodiy parvoz” gazetasi saxifalarida talaba va о‘qituvchilarni hayajonga solgan о‘quv yurti hayotidagi voqealar hikoya qilinadi. Institut xalqaro munosabatlar sohasida ham faollashib, xorijiy oliy о‘quv yurtlaridan san’at va madaniyat sohasida yetuk kadrlarni tayyorlashga oid о‘zaro foydali takliflarni kо‘rib chiqmoqda. 

Talaba va professor-о‘qituvchilar institutning boy axborot-resurs markazidan foydalanib kelmoqdalar. Unda 100 mingdan ziyod adabiyot mavjud. ARM fondida institut professional faoliyatiga doir bо‘lgan nodir va kameb nashrlar ham mavjud.  Institutda elektron ta’lim resurslarini yaratish bо‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

Institut qoshida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyat yuritmoqda. Markazning maqsadi san’at va madaniyat sohasidagi о‘rta-maxsus va oliy о‘quv yurtlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishdir. 

Yangi binolarning qad kо‘tarishi va eski о‘quv binolarining ta’mirlanishi natijasida institut о‘ziga xos о‘quv shaharchasiga ega bо‘ldi. Shaharcha hududida ijodiy ustaxonalar, о‘quv teatri va axborot-resurs markazi qad kо‘tardi. Bundan tashqari institut hududidan о‘quv binosi, administratsiya binosi, talabalar turar joylari, sport majmuasi, yopiq basseyn, ochiq sport maydonchalari о‘rin olgan.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ta’limning an’anaviy va innovatsion uslublarini mohirona qо‘llab kelayotgan faol rivojlanayotgan navqiron oliy о‘quv yurtidir.

FAKULTETLAR

Teatr san'ati fakulteti

Kino, televideniye va radio san'ati fakulteti

Xalq ijodiyoti fakulteti

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari
Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Arizalar soni
Kirish ballari

Aktyorlik sanʼati: musiqali teatr aktyorligi

5150302

25
-
25
183
7.3
-
-

Aktyorlik sanʼati: qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi

5150303

25
-
25
114
4.6
-
-

Kino-teleoperatorlik

5151500

25
-
25
97
3.9
-
-

Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)

5350600

75
-
75
2828
37.7
-
-

Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish

5151700

50
-
50
3169
63.4
-
-

Rejissyorlik: kino va televideniye rejissyorligi

5150406

12
-
12
95
7.9
-
-

Rejissyorlik: qo‘g‘irchoq teatri rejissyorligi

5150401

13
-
13
46
3.5
-
-

Sanʼatshunoslik: kino sanʼati tanqidi va tahlili

5150208

25
-
25
99
4
-
-

Texnogen sanʼat: kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi

5151402

25
-
25
77
3.1
-
-

Xalq ijodiyoti: ashula va raqs

5151605

15
-
15
130
8.7
-
-

Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya

5151602

10
-
10
86
8.6
-
-