Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kirish ballari 2023

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali haqida umumiy ma'lumot:

O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 2017 yil 16 avgustda milliy san’atimiz va madaniyatimizning qadimiy markazlaridan biri bo‘lgan, ko‘plab atoqli san’at va madaniyat namoyandalari yetishib chiqqan Farg‘ona vodiysining bu boradagi alohida o‘rni va nufuzini, ijodiy salohiyatini hisobga olgan holda, iste’dodli yoshlarni o‘zbek va jahon san’atining yuksak namunalari ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyat va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ro‘yobga chiqarish, Farg‘ona vodiysi viloyatlari uchun teatr, xalq ijodiyoti sohasi bo‘yicha aktyorlar, madaniyatshunoslik va san’atshunoslik yo‘nalishida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan. Hozirgu kunda filialimizda “Teatr san’ati: musiqali teatr aktyorligi”, “Musiqali teatr rejissyorligi”,”Qo`g`irchoq teatri aktyorligi”, “Xalq ijodiyoti: folklyor va etnografiya”, “Ashula va raqs”, “Kutubxona va axborotlashtirish” yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Filial talabalari to’laqonli bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kafedrasi:

Kafedra oliy oʻquv yurti tuzilishidagi bir necha turdosh fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlarni amalga oshiruvchi, talabalar orasida maʼnaviy-marifiy, tarbiyaviy ishlarni olib boruchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayorlovchi hamda ularning malakasini oshuruvchi tarmoq hisoblanadi. Kafedrada filial nizomiga koʻra bakalavr yoʻnalishi "Aktyorlik sanʼati (musiqali drama teatr aktyori)" mutaxasisligi boʻyicha talabalar qabul qilish bilan oʻz ish faoliyatini boshlagan.

Hozirgi kunga kelib bakalavr yoʻnalishida quyidagi mutaxassisliklar mavjud:

  • "Teatr sanʼati (musiqali teatr aktyorligi)";
  • "Musiqali teatr rejissyorligi";
  • "Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya";
  • "Ashula va raqs";
  • "Kutubxona va axborotlashtirish".

Hozirgi kunga kelib filial boʻlimlari kengayganligi uchun kafedra nomini ilmiy kengashda koʻrilib chiqilib Teatr sanʼati va xalq ijodiyoti kafedrasiga oʻzgartirildi.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Aktyorlik san'ati: dramatik teatr va kino aktyorligi

60211110 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

12
2
10
154.8
96.8

Aktyorlik san'ati: musiqali teatr aktyorligi

60211108 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

12
3
9
160.2
85.5

Aktyorlik san'ati: qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi

60211111 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

12
3
9
144.3
107.1

Cholg‘u ijrochiligi: fortepiano (organ)

60211501 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

12
3
9
149.5
132

Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya)

60320401 / Matematika / Ona tili va adabiyoti

25
5
20
85.4
67.5

Professional ta'lim: xalq ijodiyoti (chog‘u ijrochiligi)

60112410 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

30
10
20
99.3
71.1

Qo'g'irchoqlar ishlab chiqarish texnologiyasi

60723100 / Matematika / Fizika

15
5
10
-
61

Rejissorlik: dramatik teatr rejissorligi

60211201 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

6
2
4
142
73.2

Rejissorlik: qo‘g‘irchoq teatri rejissorligi

60211203 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

6
2
4
160.4
99.9

Vokal san'ati: an'anaviy xonandalik

60211402 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

15
2
13
166.3
68.5

Xalq ijodiyoti: ashula va raqs

60211902 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

12
3
9
118.6
98.1

Xalq ijodiyoti: askiya san’ati

60211901 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

6
2
4
156.5
-

Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya

60211904 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

9
3
6
108.1
101