Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti kirish ballari 2023

UzJOKU haqida umumiy ma’lumot

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, 24-may 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, yangi taʼsis etilgan, O‘rta Osiyodagi jurnalistika sohasiga ixtisoslashgan yirik oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibiga kiradi. Universitetda bakalavr bosqichi boʻyicha Xalqaro jurnalistika, Internet jurnalistika, Teleradiojurnalistika, Bosma va ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi, Sport jurnalistikasi, Harbiy jurnalistika yoʻnalishlari mavjud. Universitet hozirda yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina jurnalistlarni tayyorlab qolmay, mediadizayner, mediamarketolog, PR menejerlar hamda axborot xizmatlari uchun ham kadrlar tayyorlamoqda.

OʻzJOKUda 3 ta fakultet va 5 ta kafedra mavjud boʻlib, bakalavr, magistratura va sirtqi boʻlimlarda quyidagi yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim beriladi. 

BAKALAVR 10 ta ta’lim yo‘nalishlari:

  • 60210400 — Dizayn (Mediadizayn);
  • 60310700 — Siyosatshunoslik;
  • 60320100 — Jurnalistika (Bosma OAV jurnalistikasi);
  • 60320100 — Jurnalistika (Teleradio jurnalistikasi);
  • 60320100 — Jurnalistika (Internet jurnalistika);
  • 60320100 — Jurnalistika (Xalqaro jurnalistika);
  • 60320100 — Jurnalistika (Sport jurnalistikasi);
  • 60320100 — Jurnalistika (Harbiy jurnalistika);
  • 60320200 — Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar;
  • 60412500 — Marketing (Mediamarketing va reklama);

MAGISTRATURA mutaxassiligi:

  • 70230601 — Noshirlik ishi va muharrirlik;
  • 70320101 — Jurnalistika (Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi);
  • 70320101 — Jurnalistika (Siyosiy-huquqiy jurnalistika);
  • 70320101 — Jurnalistika (Internet jurnalistika);
  • 70320101 — Jurnalistika (Sport jurnalistikasi);
  • 70320101 — Jurnalistika (Sport tadbirlarini sharhlovchi);
  • 70320101 — Oliy jurnalistika kurslari;
  • 70320102 — Xalqaro jurnalistika;
  • 70320103 — Televideniya va radioeshittirish;
  • 70320201 — Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar;
  • 70411201 — Menejment (Mediamenejment);
  • 70411204 — PR menejment va PR tahlil.

O‘zJOKUda hozirda Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi, jurnalistika tarixi muzeyi, tele-radio studiya, fotolabaratoriya va Talabalar press klubi co-working markazi faoliyat yuritmoqda. Universitetda umumiy professor-o‘qituvchilar soni 208 nafar, shulardan professor 4 nafar, dotsent 24 nafar, fan doktori 4 nafar, fan nomzodi 12 nafar, PhD 13 nafarni tashkil etadi.

Bundan tashqari universitet dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitet va ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalar o‘rnatgan.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari