Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kirish ballari 2022

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O'zDJTU) haqida umumiy ma'lumot:

O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O`zDJTU) 1949-yilda Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlagan. Universitet 70 yillik tarixga ega.

1992-yili Toshkent chet tillari pedagogika instituti hamda Respublika Rus tili va adabiyoti instituti birlashib, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti maqomiga ega bo`ldi.

Bugungi kunda universitetda 9 000 ga yaqin talaba 20 ga yaqin xorijiy tilni jahon ta’lim standartlari asosida o`rganmoqda. Har yili universitetda 15 ta ta’lim yo`nalishida bakalavr, 13 ta ta’lim yo`nalishida magistrlik darajasiga ega mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitet talabalari chuqur bilim va ko’nikmalar asosida til o’rganish, o’qitish, tarjima va talqin qilish malakalariga ega bo’lmoqda. Kun sayin rivojlanib borayotgan tezkor zamonda ta’lim tizimi ham o’zgarmoqda. Oliy ta’lim muassasasida til va madaniyat o’rtasidagi aloqa ta’lim tizimining asosiy tamoyili hisoblanadi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti fakultetlari va yo'nalishlari:

Universitet filologiya va tillarni oʻqitish sohasida taʼlim beruvchi 9 fakultetdan tashkil topgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida asosiy eʼtibor filologiya hamda jahon tillarini oʻqitishga qaratilgan boʻlib, universitetda jami 9 ta fakultet mavjud. Fakultetlarning barchasi filologiya sohasi boʻyicha mutaxassislar tayyorlab keladi. Hozirgi kunda universitetda quyidagi fakultetlar mavjud:

  1. Tarjimonlik fakulteti
  2. Ingliz filologiyasi fakulteti
  3. Ingliz tili birinchi fakulteti
  4. Ingliz tili ikkinchi fakulteti
  5. Ingliz tili uchinchi fakulteti
  6. Roman-german filologiyasi fakulteti
  7. Rus filologiyasi fakulteti
  8. Sharq filologiyasi fakulteti
  9. Media va kommunikatsiya fakultet

Kafedralarning umumiy soni 29 taga teng.

Aynan O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida bir qator xorijiy tillar bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lgan talabalar bugungi kunda xalqaro miqyosda turli jabhalarda faoliyat yuritishmoqda. Universitet bitiruvchilaridan yetuk tarjimonlar, chet tili o’qituvchilari, siyosatchilar, xalqaro tashkilotlar va turli qo’shma korxonalarda faoliyat olib borayotgan yetakchi mutaxassislarning borligi universitet nufuzi naqadar yuqori ekanligini ifodalaydi.

2018-yili AQSHning Vebster universiteti bilan imzolangan kelishuv asosida bir yillik magistratura akademik Dasturi tashkil etildi. Mazkur magistratura Dasturi Markaziy Osiyoda yagona hisoblanib, bu maskanda butun dunyo yoshlari tahsil olishlari mumkin.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

60320200

30
10
20
97.3
-

Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

60230103

15
5
10
117.2
57.7

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

60230101

75
25
50
171.8
154.7

Filologiya va tillarni o‘qitish: ispan tili

60230112

12
3
9
159
143.2

Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili

60230108

15
5
10
168.7
150.5

Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili

60230119

25
5
20
132.9
56.7

Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili

60230107

90
30
60
145.9
126

Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili

60230102

15
5
10
160.5
147.4

Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili

60230117

15
5
10
158.9
143.2

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili

61010505

15
5
10
161.2
147.3

Jurnalistika: xalqaro jurnalistika

60320101

15
5
10
133.7
115.1

O‘zga tilli guruhlarda rus tili (o‘zbek guruhlari uchun)

60111701

90
30
60
148.8
128

Siyosatshunoslik

60310700

10
-
10
-
138.6

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

60230204

15
5
10
-
59.6

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

60230203

45
15
30
163.3
145.5

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: italyan tili

60230201

15
5
10
158.9
140

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

60230206

15
5
10
79.4
61.9

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

60111804

480
150
330
155
129.6