Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali (tugatilgan)

Ushbu oliygoh Qoʻqon davlat universiteti tarkibiga qo'shib yuborilgan.

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali haqida umumiy ma'lumot:

O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 2017 yil 16 avgustda milliy san’atimiz va madaniyatimizning qadimiy markazlaridan biri bo‘lgan, ko‘plab atoqli san’at va madaniyat namoyandalari yetishib chiqqan Farg‘ona vodiysining bu boradagi alohida o‘rni va nufuzini, ijodiy salohiyatini hisobga olgan holda, iste’dodli yoshlarni o‘zbek va jahon san’atining yuksak namunalari ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyat va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ro‘yobga chiqarish, Farg‘ona vodiysi viloyatlari uchun teatr, xalq ijodiyoti sohasi bo‘yicha aktyorlar, madaniyatshunoslik va san’atshunoslik yo‘nalishida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan. Hozirgu kunda filialimizda “Teatr san’ati: musiqali teatr aktyorligi”, “Musiqali teatr rejissyorligi”,”Qo`g`irchoq teatri aktyorligi”, “Xalq ijodiyoti: folklyor va etnografiya”, “Ashula va raqs”, “Kutubxona va axborotlashtirish” yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Filial talabalari to’laqonli bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kafedrasi:

Kafedra oliy oʻquv yurti tuzilishidagi bir necha turdosh fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlarni amalga oshiruvchi, talabalar orasida maʼnaviy-marifiy, tarbiyaviy ishlarni olib boruchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayorlovchi hamda ularning malakasini oshuruvchi tarmoq hisoblanadi. Kafedrada filial nizomiga koʻra bakalavr yoʻnalishi "Aktyorlik sanʼati (musiqali drama teatr aktyori)" mutaxasisligi boʻyicha talabalar qabul qilish bilan oʻz ish faoliyatini boshlagan.

Hozirgi kunga kelib bakalavr yoʻnalishida quyidagi mutaxassisliklar mavjud:

  • "Teatr sanʼati (musiqali teatr aktyorligi)";
  • "Musiqali teatr rejissyorligi";
  • "Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya";
  • "Ashula va raqs";
  • "Kutubxona va axborotlashtirish".

Hozirgi kunga kelib filial boʻlimlari kengayganligi uchun kafedra nomini ilmiy kengashda koʻrilib chiqilib Teatr sanʼati va xalq ijodiyoti kafedrasiga oʻzgartirildi.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kirish ballari 2021-2022 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Aktyorlik san`ati: musiqali teatr aktyorligi 5150302 15 6 9 139.2 116.6
Aktyorlik san`ati: qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi 5150303 10 4 6 141 90.1
Cholg‘u ijrochiligi: fortepiano (organ) 5150701 15 3 12 94.1 —
Cholg‘u ijrochiligi: torli cholg‘ular (skripka, al`t) 5150702 10 2 8 92.8 57.3
Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) 5350600 / Matematika / Ona tili va adabiyoti 25 5 20 130.2 103.95
Professional ta`lim: xalq ijodiyoti (chog‘u ijrochiligi) 5111012 25 5 20 149.5 119.3
Rejissyorlik: dramatik teatr rejissyorligi 5150400 6 3 3 134.7 116.5
Rejissyorlik: qo‘g‘irchoq teatri rejissyorligi 5150407 5 2 3 122.3 —
San`atshunoslik: sahna va ekran san`ati dramaturgiyasi 5150207 10 2 8 130.1 123.5
San`atshunoslik: teatrshunoslik 5150209 15 3 12 126.8 —
Vokal san`ati: an`anaviy xonandalik 5150602 20 5 15 146.5 71
Xoreografiya (turlari bo‘yicha) 5151300 25 5 20 136.8 63.6