Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali kirish ballari 2025

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 yanvardagi 31-son qaroriga asosan milliy raqs san’ati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 yanvardagi 31-son qaroriga asosan milliy raqs san’ati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, Xorazmning qadimiy raqsi «Lazgi»ni asrab-avaylash, uni ilmiy o‘rganish, jahon miqyosida keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali tashkil etilgan bo‘lib, filialning asosiy vazifalari:

kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va ta’limning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;

raqs san’ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;

ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish;

talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda ularning xorijda ta’lim olishi, ilmiy-ijodiy ishlar olib borishini samarali tashkil etish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini muntazam asosda yo‘lga qo‘yish;

kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, iqtidorli talaba yoshlarni ushbu yo‘nalishga keng jalb etish;

soha mutaxassislarining xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka o‘tashlarini tizimli tashkil etish;

b) «Lazgi» bo‘limining asosiy vazifalari:

«Lazgi» ijrochiligini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

fan-ta’lim va ijrochilikning integratsiyalashuvini ta’minlash;

«Lazgi» ijro yo‘li namunalari «Oltin fondi»ni yaratish;

an’anaviy «Lazgi» ijro yo‘lini asrab-avaylash, uni zamonaviy ijro uslublari namunalari bilan yanada takomillashtirish, raqsning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini olimlar va ijrochi mutaxassislar ishtirokida chuqur o‘rganish;

«Lazgi» ijro yo‘lini keng targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

«Lazgi» ijro namunalarini ommaviy axborot vositalari hamda Internet axborot tarmog‘i orqali chet ellarda keng targ‘ib qilish.

Filial huzurida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi:

«Lazgi»ning yaratilish tarixi va rivojlanish davrini qamrab olgan doimiy ekspozitsiya;

«Lazgi» ijro yo‘lida yaratilgan ijod namunalarining fonotekasi;

«Lazgi»ga oid liboslar namunalari galereyasi, ko‘rgazmalar zali hamda artistik kafesi;

«Lazgi» bolalar havaskorlik teatr-studiyasini tashkil etish qarorda ko‘zda tutilgan.

Ushbu filial o‘z ish faoliyatini 2021-2022 yilida boshlagan bo‘lib, ayni damda filialga Botirov Shonazar Xusainovich direktor qilib tayinlangan. Filial veb sahifasi va ijtimoiy tarmoqlardagi manzillari 

Murojaat uchun telefon raqami 

+99893 411 94 12

+99897 790 60 70

Murojaat va takliflar uchun

@direktorUzdxaufshbotirov

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali kirish ballari 2025-2026 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Grant balli Kontrakt balli
Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 / Matematika / Fizika 113.4 71.5
Biologiya 60510100 / Biologiya / Kimyo 148.6 140.9
Boshlangʻich taʼlim 60110400 / Ona tili va adabiyoti / Matematika 158.5 128.6
Chaqiriqqacha harbiy taʼlim 60111000 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 101.2 74.8
Fizika 60530500 / Fizika / Matematika 107.4 73.5
Geografiya 60530200 / Geografiya / Matematika 79.9 72.6
Jismoniy madaniyat 60111200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 172.5 137.7
Kimyo 60530100 / Kimyo / Matematika 69.6 61.3
Maktabgacha taʼlim 60110200 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 106.3 78
Matematika 60540100 / Matematika / Fizika 159.8 126.4
Maxsus pedagogika: logopediya 60110301 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 141.5 121.5
Maxsus pedagogika: olegofrenopedagogika 60110302 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 115.2 95.4
Maxsus pedagogika: surdopedagogika 60110303 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 112.8 95.3
Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati 60110305 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Ona tili va adabiyoti 113.7 71
Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi 60111100 / Tarix / Ona tili va adabiyoti 160.7 119.8
Musiqa taʼlimi 60110600 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 142.2 100.1
Oʻzbek tili va adabiyoti 60110700 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili 171.6 156.1
Pedagogika 60110100 / Tarix / Ona tili va adabiyoti 144.5 111.5
Psixologiya 60310300 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 122.6 84.3
Sunʼiy intellekt 60610500 / Matematika / Fizika 111.4 57.1
Tarix 60220300 / Tarix / Geografiya 167.5 122.2
Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi 60110500 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 153.3 102.1
Texnologik taʼlim 60111300 / Fizika / Matematika 69.9 62.9
Xoreografiya (xoreografiya jamoalari rahbari) 60211601 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon — 82.3
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 60110901 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti 184.6 177.3