Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi kirish ballari 2022

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi haqida umumiy ma'lumot:

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (1999-2018 yillarda — Toshkent islom universiteti) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi oliy taʼlim muassasasi. 

2018-yil 16-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekish orqali ushbu sohadagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ushbu Farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti va O‘zbekiston islom akademiyasi negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilishi belgilandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi  fakultetlari va kafedralari:

  • Islomshunoslik fakulteti
    • «Islom tarixi va manbashunosligi» kafedrasi;
    • «Qur’onshunoslik va hadisshunoslik» kafedrasi;
    • «Fiqh va kalom» kafedrasi;
    • «Dinlar tarixini o‘rganish UNESCO» kafedrasi;
    • «Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO» kafedrasi.
  • Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti:
    • «Sharq filologiyasi» kafedrasi;
    • «Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunoslik» kafedrasi;
    • «O‘zbek filologiyasi va tarjima nazariyasi» kafedrasi;
    • «Chet tillari» kafedrasi;
    • «Din psixologiyasi va pedagogika» kafedrasi.
  • Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti:
    • «Xalqaro munosabatlar» kafedrasi;
    • «Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi» kafedrasi;
    • «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi;
    • «Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari» kafedrasi

 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi yotoqxonasi:

Akademiya TTJsida istiqomat qiluvchi talabalarning vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish, ularning madaniy xordiq chiqarishlarini ta’minlash yuzasidan 450 dan ortiq badiiy adabiyot, 800 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 30 dan ortiq vaqtli matbuot nashrlari bilan ta’minlangan Akademiya ARMining filiali hamda Ma’naviyat-ma’rifat xonalari tashkil etilgan bo‘lib, u yerda talabalar fan va badiiy adabiyotlarni o‘qishib, turli ma’naviy musobaqalar, viloyatlarning urf-odat va an’analarini namoyish etuvchi “Viloyat haftaliklari” o‘tkazishadi. Shu bilan birga, TTJga Respublikamizning taniqli olimlari sharqshunos olimlari (professor Ubaydulla Uvatov, professor Ahadjon Hasanov), dindorlar (Shayx Abdulaziz Mansur, Anvar qori Tursunov, Rahmatullo qori Sayfuddinov va boshq.), adabiyotshunoslar (Tohir Malik va boshqalar), shoirlar (Bobur Bobomurod, Iqbol Mirzo va boshq.), kino aktyorlari (Jumadulla Rametov, Dilnoza Kubayeva va boshqalar) bilan davra suhbatlari uyushtirilib boriladi.

Shu bilan birga, Akademiya professor-o‘qituvchilarining TTJda navbatchiligi tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan ham muntazam ravishda suhbatlar uyushtirilgan bo‘lib, ularda ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan ustozlar o‘zlarining hayot tajribalaridan kelib chiqqan holda tavsiyalar berib kelishmoqda.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi kirish ballari 2022-2023 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Axborot xavfsizligini boshqarish 60610400 15 5 10 170.9 141.1
Dinshunoslik 60220100 15 6 9 147.9 138.3
Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili 60230113 30 10 20 173.2 155
Islom iqtisodiyoti va moliyasi 60411100 25 10 15 172 147.2
Islomshunoslik (qur'onshunoslik, hadisshunoslik, islom huquqi, aqida va tasavvuf, islom tarixi va manbashunosligi) 60220201 40 11 29 159.2 142.8
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) 60411900 15 5 10 176.4 157.4
Jurnalistika: xalqaro jurnalistika 60320101 15 5 10 102.1 67.9
Kompyuter injiniringi ("Kompyuter injiniringi", "AT-servis", "Axborot xavfsizligi", "Multimedia texnologiyalari") 60610503 15 5 10 154.5 119.2
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: arab tili 60230303 15 5 10 170.9 150.5
Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi) 60310903 15 6 9 148.3 117.5
Tarix (islom tarixi va manbashunosligi) 60220308 15 5 10 173.3 157.1
Turizm (ziyorat turizmi) 61010402 15 5 10 169.8 158.1
Xalqaro munosabatlar 60310800 15 6 9 182.6 164.6
Yurisprudensiya (islom huquqi) 60420108 15 5 10 180.6 167.7