Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Olmaliq davlat texnika instituti kirish ballari 2026

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali haqida umumiy ma'lumot:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyul №3153-son  “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq filialda “Konchilik ishi va metallurgiya”, “Energetika va mashinasozlik” fakultetlari faoliyat boshladi. Bugungi kunda “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Konchilik elektr mexanikasi”, “Umumkasbiy va lqtisodiy fanlar” kafedralarini, Energetika va mashinasozlik fakulteti esa “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”, “Kimyoviy texnologiya”, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedralarini oʻz ichiga oladi. Ayni vaqtda kunduzgi boʻlimda “Mashinasozlik texnologiyalari”, “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”,  “Kimyoviy texnologiya”, “Konchilik elektr mexanikasi” kabi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. SHuningdek, oliygohimizda kechki va sirtqi boʻlimlar ham tashkil etilib, ushbu boʻlimlarda 2003 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Albatta, bugungi kun talabidagi kadrlar tayyorlashni zamonaviy laboratoriya jihozlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Mazkur masalada TDTU Olmaliq filiali uchun xarid qilinishi yuzasidan 6 nomdagi, jumladan metallurgiya, elektrotexnika va elektronika asoslari, kimyoviy texnologiya, gelogiya, gidrologiya va gidrogelogiya, mashinasozlik hamda favqulodda holatlar xavfsizlgi, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi sohalariga oid oʻquv-laboratoriyalarini xarid qilingan.

 Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali fakultetlari:

  • Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalari fakulteti
  • Konchilik ishi fakulteti
  • Energetika va mashinasozlik fakulteti

 Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali kafedralari:

  • METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI

MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Metallurgiya kafedrasi
  2. Kimyoviy texnologiya kafedrasi

NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Kimyo va fizika kafedrasi
  2. Ijtimoiy gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi
  • KONCHILIK ISHI FAKULTETI

MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Konchilik ishi kafedrasi
  2. Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi

NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. O‘zbek tili va adabiyoti  kafedrasi
  2. Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi
  • ENERGETIKA VA MASHINASOZLIK FAKULTETI

MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

  1. Elektr texnikasi va elektr mexanikasi kafedrasi
  2. Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi
  3. Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi  

NOMUTAXASSISLIK KAFEDRASI

  1. Matematika va informatika kafedrasi

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Olmaliq davlat texnika instituti kirish ballari 2026-2027 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Grant balli Kontrakt balli
Arxitektura (turlari bo‘yicha) 60730100 / Matematika / Ona tili va adabiyoti 74.8 59.2
Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) 60610300 110.3 57
Biotibbiyot muhandisligi 60711800 89.8 56.8
Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha) 60711200 70.5 57
Energetika (tarmoqlar bo‘yicha) 60710500 71.2 56.7
Energetika muhandisligi 60710400 / Matematika / Fizika 68.7 61.3
Energiya tejamkorligi va energoaudit 60710900 74.1 57
Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi 60720500 74.9 —
Iqtisodiyot 60410100 / Matematika / Chet tili 183.5 98.1
Kimyo muhandisligi 60710100 / Kimyo / Matematika 68.1 57
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60610100 122.4 57
Konchilik elektr mexanikasi 60721200 / Fizika / Matematika 69.5 61
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish 60720800 68.2 56.7
Metallar texnologiyalari 60711300 / Matematika / Fizika 68.7 56.7
Metallar texnologiyalari (jarayon turlari bo‘yicha) 60712300 68.3 56.8
Meteorologiya va iqlimshunoslik 60520200 73.4 56.8
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60720600 / Kimyo / Matematika 68.4 57.9
Neftgazkimyo sanoati texnologiyasi 60720900 69.6 56.8
Qurilish muhandisligi 60730300 / Matematika / Fizika 69.3 57.2
Soliqlar va soliqqa tortish 60410200 177.8 77.1
Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60410800 177 76.7
Texnologik mashinalar va jihozlar 60720401 / Matematika / Fizika 72.4 56.7