Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent arxitektura-qurilish instituti kirish ballari 2023

Toshkent arxitektura-qurilish instituti haqida umumiy ma'lumot:

Toshkent arxitektura qurilish instituti O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning 1991-yil 6-maydagi farmoniga binoan Toshkent politexnika institutining "Arxitektura”, "Sanoat va fuqaro qurilishi” hamda "Muhandis qurilishi” fakultetlari negizida tashkil etilgan.

  Bugungi kunda institutda 'Arxitektura”, 'Bino va inshootlar qurilishi”, 'Muhandislik qurilish infrastrukturasi” va 'Qurilishni boshqarish” fakultetlari mavjud bo‘lib, ularda 'Dizayn”, 'Arxitektura”, 'Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish”, 'Qiymat injiniringi”, 'Geodeziya, kartografiya va kadastr”, 'Bino va inshootlar qurilishi”, 'Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va montaji”, 'Gidrotexnika qurilishi” kabi 22 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3958 nafarga yaqin bakalavrlar hamda 'Dizayn”, 'Geodeziya va kartografiya”, 'Bino va inshootlar arxitekturasi”, 'Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash”, 'Landshaftlar arxitekturasi”, 'Bino va inshootlar qurilishi”, 'Qurilishni tashkil etish texnologiyasi”, 'Qurilish iqtisodiyoti”, 'Gidrotexnika inshootlari”, 'Ko‘chmas mulkni baholash va boshqarish” kabi 23 ta mutaxassislik bo‘yicha 349 nafarga yaqin magistrlar tayyorlanmoqda.

TAQU MDH, Osiyo va Yevropaning 20 dan ortiq yetakchi institut va universitetlari bilan shartnomalar tuzgan.

Universitetda professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun maydoni 1075,2 m2 boʻlgan axborot-resurs markazi internet tarmogʻiga ulangan zamonaviy kompyuterlar hamda 247 958 dona elektron kitob fondi mavjud. Universitetda sport bilan shugʻullanish uchun „Paxtakor“ sport majmuasi, hududlardan kelgan talabalar uchun yotoqxona, universitetning asosiy binosida oshxona hamda fakultetlarda bufetlar mavjud.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti fakultetlari:

  • Muhadislik fakulteti
  • Texnalogiya fakulteti
  • Arxitektura fakulteti
  • Menejment fakulteti

Toshkent arxitektura-qurilish institutida xalqaro hamkorlik:

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti  xorijiy davlatlarning jami 95 ta nufuzli OTMlari ta’lim va ilmiy hamkorlik aloqalar o‘rnatgan hamda Germaniya, Frantsiya, Italiya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Malayziya, Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston va Qozog‘iston kabi respublikalarning qator nufuzli oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Universitetning iqtidorli talabalari har semestr davomida talabalar almashinuvi dasturi doirasida jahon reytingida yuqori o‘rinlarni egallagan universitetlarga tahsil olish maqsadida yuboriladi.

Universitetda qator xalqaro grantlar mavjud. Jumladan, Italiyaning Turin politexnika universiteti, Germaniyaning Vaymar-Bauxaus universiteti, Polshaning Belostok texnika universitetlari bilan hamkorlikda Erazmus+ dasturi loyihalari, Germaniyaning Potsdam amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda DAAD dasturi loyihalari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda universitetda MDH davlatlari, Turkiya, Afg‘oniston fuqarolari arxitektura, qurilish, menedjment yo‘nalishlarida tahsil olmoqdalar.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Arxitektura (turlari bo‘yicha)

60730100 / Matematika / Ona tili va adabiyoti

60
15
45
118.9
81.1

Atrof-muhit muhandisligi

60713400 / Kimyo / Biologiya

60
15
45
76.9
60

Dizayn: interyer dizayni

60210409 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

40
10
30
169.7
160.1

Dizayn: sanoat dizayni

60210403 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

40
10
30
148.6
71.8

Geomatika muhandisligi

60723300 / Matematika / Fizika

60
15
45
72.6
56.7

Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi

60731200 / Matematika / Fizika

45
10
35
95.6
69.1

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60310106 / Matematika / Chet tili

25
7
18
158.3
115.5

Ko‘chmas mulkni boshqarish

60731300 / Matematika / Fizika

25
7
18
131
86.9

Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi

61020300 / Matematika / Fizika

80
20
60
70.7
56.8

Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60411204 / Matematika / Chet tili

25
7
18
151.2
107.4

Professional ta'lim: qurilish muhandisligi (bino va inshootlar qurilishi)

60112423 / Matematika / Fizika

40
10
30
143.5
94.8

Qurilish muhandisligi (faoliyat turlari bo‘yicha)

60730302 / Matematika / Fizika

80
20
60
136.4
84.1

Qurilish muhandisligi (qurilish materiallari texnologiyasi va standartlashtirish)

60730301 / Matematika / Fizika

80
20
60
106.1
70.5

Urbanistika

60731400 / Matematika / Fizika

45
10
35
110.2
57.6