Toshkent davlat transport universiteti haqida umumiy ma'lumot:
Toshkent politexnika institutining "Avtomobil va yo‘llar" fakulteti negizida 1972-yil 1-sentyabrdan boshlab "Toshkent avtomobil yo‘llari" instituti barpo etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-avgustdagi "Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi PQ-2580-son qarori va Oliy va o‘rta mahsus ta'lim Vazirligining 2016-yil 29-avgustdagi 362-son buyrug`iga asosan Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti sifatida qayta tashkil etildi.
Toshkent davlat transport universiteti:
Transport sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʼyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;- Ilgʼor xalqaro taʼlim standartlari hamda oʼquv dasturlariga muvofiq 2020/2021 oʼquv yilidan boshlab taʼlimning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etadi;- Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga idoraviy jihatdan boʼysunadi.
Toshkent davlat transport universitetining asosiy vazifalari va faoliyati yoʼnalishlari:
transport sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib, mehnat bozoridagi raqobatbardosh oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, shuningdek, ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;- transport sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʼyicha fundamental, amaliy va innovatsion izlanish va tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini, shu jumladan raqamli va boshqa zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;- qoʼshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, Universitet professor-oʼqituvchilarining malakasini oshirishni hamda bitiruvchilarni chet elda magistratura va doktorantura dasturlari boʼyicha tahsil olishlarini tashkil etish maqsadida yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish;- transport sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish, tizimdagi akademik litsey hamda sohaning professional taʼlim muassasalari taʼlim dasturlarining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash;- oʼquv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bogʼliqligini taʼminlash maqsadida transport sohasidagi tashkilotlar bilan birgalikda talabalarning amaliyotlarini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash boʼyicha maqsadli hamkorlikni yoʼlga qoʼyish.
Bu institut Markaziy Osiyo mintaqasida mazkur soha bo‘yicha yagona Oliy o‘quv dargohi hisoblanadi.
Toshkent davlat transport universiteti fakultetlari:
1 |
Aviatsiya transporti muhandisligi |
2 |
Avtomobil transporti muhandisligi |
3 |
Avtomobil yoʻllari muhandisligi |
4 |
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi |
5 |
Iqtisodiyot |
6 |
Qurilish muhandisligi |
7 |
Temir yoʻl transporti muhandisligi |
8 |
Transport tizimlari boshqaruvi |
9 |
Xalqaro ta'lim dasturlari |
Toshkent davlat transport universiteti yotoqxonasi:
Toshkent davlat transport universiteti “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarga qator qulayliklar yaratilgan,
Xususan:
- Talabalarning sifatli bilim olishlari uchun har bir qavatda dars qilish joylari;
- Madaniy hordiq chiqarishlari uchun dam olish xonalari
- “Talabalar shaharchasi”da yashovchi talabalarni institut hamda “Talabalar shaharchasi” hayotidagi voqiya va hodisalar bilan tanishtirib borish maqsadida “Media Club” tashkil etilgan.
- Talabalarni sport bilan shug’ullanishi uchun “Talabalar shaharchasi” hududida sport maydonchasi
- Minni futbol o’ynashlari uchun ikkita sun’iy qoplamali futbol maydoni;