Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali kirish ballari 2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992–yil 28–fevraldagi «Respublikada yangi ta’lim o‘rinlarini tashkillashtirish haqida»gi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1992-yil 11-martdagi qarori asoslanib, Qoraqalpoq davlat universiteti qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti fakulteti bazasida, Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali tashkillashtirildi.

FAKULTETLARI: Qishloq xo’jalig’i menedjmenti va zootexniya, Agronomiya, Agroinjeneriya

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti “Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qaroriga (275-son, 04.05.2021 y.) muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tashkil etildi.

Institutda taʼlimning kredit-modul tizimi joriy etilgan, shuningdek, haftada besh kunlik o‘qish hamda haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilandi.

2022/2023 o‘quv yilidan Institut tuzilmasida Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda “Geoaxborot tizimlari” markazi va laboratoriyasi tashkil etiladi.

Shuningdek, Institut huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Moyli ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” o‘quv-ilmiy markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

60810700

20
5
15
81.1
71.3

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

60812500

30
10
20
73.5
63.2

Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish

60812000

30
10
20
68.2
60

Logistika (agrologistika)

60411701

30
10
20
82.1
65.3

Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish

60820200

30
10
20
69.2
60.2

O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)

60811001

30
10
20
-
56.7

Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)

60811200

20
7
13
76.5
66.4

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

60811301

30
10
20
70.6
58

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida)

60711401

30
10
20
68.1
56.8

Zooinjeneriya: qorako‘lchilik

60811505

20
5
15
71.2
62