Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Toshkent davlat agrar universiteti

Toshkent davlat agrar universitetning shakllanishi Markaziy Osiyodagi ko‘plab boshqa oliy o‘quv yurtlari kabi 1918-yilda mahalliy ziyolilar tashabbusi bilan tashkil qilingan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitet nomi bilan bog‘liq. 20-yillarda uning tarkibidagi 8 ta fakultet ichida - qishloq xo‘jaligi fakulteti ham bor edi. 1930-yil 26-mayda ushbu fakultet negizida mustaqil holda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi instituti tashkil qilindi va bir qancha o‘zgarishlardan so‘ng, 1934-yil oktyabridan Toshkent Qishloq xo‘jaligi instituti deb nomlandi.

1991-yil aprel oyida Oliy o'quv yurti Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda yagona agrar universitet maqomini oldi. Bunday maqom o‘sha davrdagi 104 ta qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlaridan faqat 8 tasiga kadrlar tayyorlash, fanni rivojlantirish, ilmiy-pedagogik salohiyat, sifatini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashdagi yutuqlari uchun berilgan edi.

Toshkent davlat agrar universiteti 1991-yil 11-aprelda agrar universitet maqomiga ega bo‘ldi. 1934 yildan 1991 yilgacha Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti deb nomlanar edi. Bu institut 1931-yilda O‘rta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya, politexnika institutidan ajralib chiqqan O‘rta Osiyo paxtachilik instituti hamda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi institutidan ajralib chiqqan O‘rta Osiyo ipakchilik institutlarining qo‘shilishidan tashkil topgan.

ToshDAU tarkibida 7 ta fakultet mavjud: Agronomiya, Seleksiya urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, O‘rmonchilik va dorivor o‘simliklar, Zootexniya va ipakchilik, Agroinjeneriya,  Qishloq xo‘jaligida menejment.

Agrar universitetda 29 kafedra mavjud. Agroinjeneriya fakultetida 4 ta kafedra, qolgan 6ta fakultetda 3 tadan kafedra bor. Undan tashqari, 7 ta fakultetlararo kafedralar, shu jumladan Harbiy kafedra ham mavjud.

FAKULTETLAR

Agronomiya fakulteti

Seleksiya urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish fakulteti

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti

O‘rmonchilik va dorivor o‘simliklar fakulteti

Zootexniya va ipakchilik fakulteti

Agroinjeneriya fakulteti

Qishloq xo‘jaligida menejment fakulteti

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari
Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Arizalar soni
Kirish ballari

Agrobiznes va investitsion faoliyat

5233300

25
5
20
612
24.5
-
-

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

5410100

25
3
22
264
10.6
-
-

Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

5410200

25
5
20
272
10.9
-
-

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

5411100

25
5
20
270
10.8
-
-

Ipakchilik va tutchilik

5410900

25
3
22
238
9.5
-
-

Iqtisodiyot: qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti

5230102

25
3
22
661
26.4
-
-

Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish

5411700

25
5
20
243
9.7
-
-

Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish

5411200

25
5
20
842
33.7
-
-

Marketing (qishloq xo‘jaligida)

5230402

25
3
22
610
24.4
-
-

Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)

5310900

25
5
20
385
15.4
-
-

Mevachilik va uzumchilik

5411000

25
5
20
261
10.4
-
-

O‘rmonchilik

5410800

25
5
20
124
5
-
-

O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini

5411500

25
5
20
259
10.4
-
-

O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)

5410300

25
5
20
343
13.7
-
-

Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)

5410400

25
5
20
239
9.6
-
-

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

5410500

25
5
20
336
13.4
-
-

Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik

5411600

25
5
20
238
9.5
-
-

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida)

5311002

25
10
15
390
15.6
-
-

Zooinjeneriya: baliqchilik

5410601

25
5
20
266
10.6
-
-