Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent davlat stomatologiya instituti kirish ballari 2024

Toshkent davlat stomatologiya instituti haqida umumiy ma'lumot:

Toshkent davlat stomatologiya instituti — Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlaridan biri hisoblanadi va vaqtincha Toshkent tibbiyot akademiyasining "Taraqqiyot" koʻchasi 3-sonli klinikasi hududida joylashgan. Stomatologiya sohasida yetuk kadrlar yetishtirib chiqaradigan taʼlim maskani 2014-yil tashkil etilgan

Oliy taʼlim dargohining tarixi 2014-yil 22-iyuldan boshlanadi, Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimovning Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi. Qarorda stomatologiya sohasida yetuk, bilimli va eng asosiysi, jahon talablariga mos va xos boʻlgan yangi mutaxassislar tayyorlash va shu negizda ular oʻqishi uchun barcha sharoitlar yaratish, zamonaviy asbob-anjomlar bilan taʼminlash, yangi axborot texnologiyalarini taʼlim sohasiga joriy etish bilan talabalarning yetuk kadrlar boʻlib yetishishida koʻmak berish maqsadida qabul qilingan. Bu taʼlim dargohi Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida tashkil etilgan va Oʻzbekistonning Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlarida Toshkent davlat stomatologiya institutining filiallari tashkil etilgan. Institutda xodimlar soni barchasi boʻlib 35 tani tashkil etadi

Toshkent davlat stomatologiya instituti oʻquv jarayonlari:

Taʼlim maskanida darslar anʼanaviy tazrda oʻtkaziladi, talabalarning stomatologiya sohasini chuqur egallashlari uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. Talabalikka qaboʻl qilingan oʻquvchilar institutni maxsus kartalari bilan taʼminlanadi, labaratoriya xonalarida va maʼruza xonalarida darslar olib boriladi. Oʻzbekistonning shu sohadagi eng kuchli mutaxassislari talabalarga taʼlim berishadi. Institutning qaboʻl royxatiga koʻra: 375 nafar talaba qaboʻl qilinadi shulardan 115 tasi davlat granti asosida va 260 tasi shartnoma asosida oʻqishga qaboʻl qilinadi va darslar oʻzbek tilida olib boriladi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti fakultetlari:

Taʼlim maskanida 3 ta fakultet mavjud, bular:

  • Terapevtik stomatologiya
    • terapevtik stomatologiya
    • Gospital terapevtik stomatologiya
    • 2-son terapevtik yo'nalishdagi fanlar
    • Sog'liqni saqlashni tashkil qilish asoslari va tibbiy reabilitatsiya
    • Anatomiya
    • Fiziologiya, pat.fiziologiya, mikrobiologiya va farmakologiya
    • Ijtimoiy fanlar
  • Jarrohlik stomatologiyasi
    • Jarrohlik stomatologiya va dental implantologiya
    • Yuz-jag' jarrohligi
    • Jarrohlik yo'nalishdagi fanlar
    • Propedevtika va fakultet ortopedik stomatologiya
    • Gospital ortopedik stomatologiya
    • Ortodontiya va tishlarni protezlash
    • Biofizika va informatika
  • Bolalar stomatologiyasi
    • Bolalar terapevtik stomatologiyasi
    • Bolalar yuz-jag' jarroxligi
    • Stomatologik kasalliklar profilaktikasi
    • 1-son terapevtik yo'nalishdagi fanlar
    • Tillar
    • Gistologiya va tibbiy biologiya
    • Kimyo

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Davolash ishi

60910200 / Biologiya / Kimyo

-
-
-
177.1
162.3

Fundamental tibbiyot

60910700 / Kimyo / Biologiya

-
-
-
108.1
94.6

Oliy hamshiralik ishi

60910600 / Kimyo / Biologiya

-
-
-
139.2
135.2

Stomatologiya

60910100 / Biologiya / Kimyo

-
-
-
167.6
153.1