Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent davlat yuridik universiteti kirish ballari 2024

Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistonda tayanch  oliy o‘quv va ilmiy-uslubiy muassasa hisoblanadi. Universitet Prezidentimizning 2013 yil 28 iyundagi № PQ 1990-sonli “Huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik instituti negizida tashkil etildi.

Universitet o'z faoliyatini mustaqil o'quv va ilmiy-izlanish muassasasi sifatida boshlaganidan to bugungi kunga qadar ko'p yillik an'analarni o'zida saqlab kelgan holda, o'quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni faol tatbiq etmoqda. Qonun chiqarish va uni qo'llashning dolzarb masalalari bo'yicha fundamental va ilmiy izlanishlar olib bormoqda hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan keng qamrovli ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni amalga oshirmoqda.

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan bakalavr, magistr, doktorant va mustaqil izlanuvchi darajasidagi mutaxassislar tayyorlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF–5987-son Farmoniga muvofiq TDYU tashkiliy tuzilmasi qayta ko'rib chiqildi va yangi fakultetlar va tarkibiy bo'linmalar tashkil etildi.

TDYU FAKULTETLARI:

  1. Ommaviy huquqiy fakulteti
  2. Jinoiy odil sudlovi fakulteti
  3. Xususiy huquq fakulteti
  4. Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti

Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavrlar 524100 –“Yurisprudensiya (faoliyat turlari buyicha)” ta’lim yo‘nalishi doirasida quyidagi mutaxassiliklar bo‘yicha tayyorlanadi (o‘quv muddati – 4 yil):

  1. Davlat huquqiy faoliyati;
  2. Fuqarolik huquqiy faoliyati;
  3. Jinoyat huquqiy faoliyati;
  4. Xalqaro huquqiy faoliyat;
  5. Tadbirkorlik huquqiy faoliyati (biznes huquqi).

Toshkent davlat yuridik universitetida magistrlar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanadi (o‘quv muddati – 2 yil):

  1. "Davlat boshqaruvi huquqi";
  2. "Soliq va bojxona huquqi";
  3. "Biznes huquqi";
  4. "Xalqaro tijorat huquqi";
  5. "Shartnoma huquqi";
  6. "Korporativ huquq";
  7. "Tabiiy resurslar huquqi";
  8. "Mehnat huquqi";
  9. "Jinoyat qonunchililigini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti";
  10. "Sud ekspertizasi va kriminalistika".

Toshkent davlat yuridik univayersiteti Talabalar turar joylari haqida

Toshkent davlat yuridik universitetiga qarashli 3 ta Talabalar turar joylari mavjud.

1-sonli Talabalar turar joyi Olmazor tumani Talabalar ko‘chasi 192-uy manzilida joylashgan. Bino 1960-yil qurilgan, 4 qavatdan iborat bo’lib, sig’imi 292 ta, Jami xonalar soni 148 ta, yashash xonalar soni 115 ta.

2-sonli Talabalar turar joyi Olmazor tumani Talabalar ko‘chasi 192-uy manzilida joylashgan. Bino 1960-yil qurilgan, 4 qavatdan iborat bo’lib, sig’imi 297 ta, Jami xonalar soni 144 ta, yashash xonalar soni 115 ta.

3-sonli Talabalar turar joyi binosi Toshkent shahar Uchtepa tumani 12 mavzey 67 А-uymanzilida joylashgan. Bino 2021-yil dekabr oyidan boshlab universitet talabalari uchun foydalanishga topshirilgan, 4 qavatdan iborat bo’lib, sig’imi 548 ta jami xonalar soni 178 ta, yashash xonalar soni 137 ta.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Yurisprudensiya

60420100 / Huquq / Chet tili

-
-
-
-
160.3