Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti haqida umumiy ma'lumot:
Toshkent toʻqimachilik instituti 1932-yilda tashkil etilgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita: „Paxtani birlamchi qayta ishlash“ va „Mexanik texnologiya“ fakultetlari mavjud boʻlib, ularda 4 ta mutaxassislik: paxtani birlamchi qayta ishlash, toʻquvchilik, yigirish va ipakchilik texnologiyasi boʻyicha mutaxassislar tayyorlanar edi. 1932-1933-oʻquv yilida institut oʻzining dastlabki 125 nafar talabasini qabul qilgan. 1935-yilda institutning toʻrt qavatli binosi (hozirgi kunda 2-oʻquv binosi) foydalanishga topshirilgan[2].
Bu davrda institutda 6 ta ishlab chiqarish va 5 ta oʻquv laboratoriyasi, 5 ta oʻquv xonasi, sport zali, kutubxona mavjud edi. 1947-yilda institut sirtqi taʼlim dasturlarini taklif qila boshlagan. 1955-yilda „Muhandis-iqtisodchi“ mutaxassisligi boʻyicha iqtisodiy taʼlim berish boshlangan. 1958-yilda institutda kechki taʼlim fakulteti ochilgan.
Institutda bugungi kunda 4 ta fakultet, 26 ta kafedralar faoliyat ko‘rsatmoqda.
12 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, 21 ta mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti fakultetlari:
- To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti,
- Yengil sanoat tеxnologiyasi va dizayn fakulteti,
- Matbaa texnologiyalari fakulteti,
- Paxta sanoati texnalogiyasi fakulteti
- Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti kafedralari:
- Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi
- Texnologik mashinalar va jihozlar
- Mehnat muhofazasi va ekologiya
- Muhandislik grafikasi va mexanikas
- Yigirish texnologiyasiIpak texnologiyasi
- To‘qimachilik matolari texnologiyasi
- To‘qimachilik materialshunosligi
- Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi
- Kimyo
- Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi
- Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi
- Kostyum dizayniKimyoviy texnologiya
- Fizika va elektrotexnika
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
- Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi
- Korporativ boshqaruv
- O’zbek va xorijiy tillar
- Matematika va informatika