2-sinfda o‘qiydigan qizini 8,7 ming dollarga sotgan ayol va uning sherigi ozodlikdan mahrum etildi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2-sinfda o‘qiydigan qizini 8,7 ming dollarga sotgan ayol va uning sherigi ozodlikdan mahrum etildi
Toshkent shahrida 2-sinfda o‘qiydigan qizini 8,7 ming dollarga sotgan ayol va uning sherigiga sud hukm o‘qildi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkentdan kelgan ayol besh nafar farzandning onasini qistovga olgan. So‘ng bir oila buzilib ketmasligi vaji bilanqizini olib ona poytaxtga “mijoz”larining sharoitini ko‘rish uchun borgan. Vositachilikni esa uning qo‘shnisi qilgan. Kelishuv bo‘yicha mijoz tarafdagi ayol 10 million so‘m, qo‘shni esa 6,5 million so‘m olishi kerak bo‘lgan. Qizaloq uchun beriladigan umumiy pul miqdori 8 ming 700 dollar bo‘lgan.
Tezkor tadbir natijasida jinoyatchilar ashyoviy dalillar bilan voqea joyida ushlangan.
“Besh nafar farzandim bor, 4 nafari voyaga yetmagan. Qo‘shnim jiyanning farzandi yo‘q ekan, anchadan beri farzand borasida qiynalayotgan ekan, dedi. Birinchi yo‘q, dedim. Telefon qilaverganidan keyin jiyani bilan gaplashmoqchiman, dedim. O‘rtada oila buzilib ketmasin, dedim. Farzandimni bermoqchi emasdim. Toshkentga nikoh guvohnomasi bormi, uy-joyi qanaqa shuni bilgani kelgan edim”, – deydi ayol.
O‘rtada vositachi bo‘lgan ayol bu ishni savob uchungina qilganligini aytgan.
Sud hukmi bilan ona va qo‘shni ayol 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan shartli hisoblanib, uch yil sinov muddati belgilandi. Agar ayollar belgilangan muddatda yana jinoyatga qo‘l ursa, eng kamida 8 yilga qamaladi.